Microsoft qaror qiladi: Windows 8 uchun yangi ilova qabul qilinmaydi

  •   Saroy
  •  999
  •  22.08.2018 13:18

Microsoft qaror qiladi:  Windows 8  uchun yangi ilova qabul qilinmaydi

Microsoft asta sekin Windows operatsion tizimining eski versiyasidan Windows 10 foydasiga voz kechmoqda.  Yaqin kunlarda korporatsiya Windows 8.x va Windows Phone 8.x uchun yangi ilovalarni qabul qilishni to‘xtatadi.

Shu yilning 31 oktyabrida Microsoft Store ushbu operatsion tizimlar uchun yangi ilovalarni qabul ham qilmaydi,  nashr ham qilmaydi. Hozirda mavjud ilovalar uchun esa yangilanish qabul qilinaveradi, lekin uzoq cho‘zilmaydi.

O‘QING:Ishonmagin do‘stingga..: Windows uchun eng ommaviy ilovalardan biri ishonchni oqlamadi

Xabarda aytilishicha, 2019 yil 1 iyulda Windows Phone uchun, 2023 yil 1 iyulda esa Windows 8 uchun ilovalar yangilanishi to‘xtatiladi.

To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, amalda ham  Windows 8 va Windows Phone 8 mazkur operatsion tizimning unchalik muvaffaqiyatli versiyalaridan sanalmaydi. Statistika bo‘yicha, Windows 8.x qurilmalarning atigi 7 foiziga o‘rnatilgan.  Windows Phone 8.x ko‘rsatkichi esa bundan-da oz, bor-yo‘g‘i 0,04foiz.

O‘QING:Windows’da faylni ochmasdan turib uning ichidagilarni tezkor ko‘rish yo‘li bor!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.