Muhim texnologiyadan mahrum etilayotgan Galaxy S10 dizaynini rasmiy proshivka «sotib qo‘ydi»

  •   DiMaX
  •  1880
  •  06.11.2018 14:52

Muhim texnologiyadan mahrum etilayotgan Galaxy S10 dizaynini rasmiy proshivka «sotib qo‘ydi»

Qiziq holat: bir paytlari Galaxy S7 uchun chiqarilgan Android Nougat beta-versiyasi Galaxy S8 dizaynini fosh etgan edi. Keyingi –  Oreo beta-talqini Galaxy S9 tashqin ko‘rinishini oshkor qilgan bo‘lsa, Galaxy S9 uchun chiqqan Android Pie proshivkasi Samsung Galaxy S10 dizaynini ko‘rsatib berdi.

O‘QING: Galaxy S10 ekrani teshikli ekan! Uni Galaxy S9 va iPhone XS Max bilan solishtiramiz (+«jonli» surat)

Gap-so‘zlarga qaraganda, Samsung ushbu flagmanini ko‘z yoyi skaneridan mahrum etmoqchi. Uning o‘rniga esa ekranga integratsiya qilingan barmoq izi skaneriga asosiy e’tibor qaratiladi. Shu bois displeyning ostidagi rom ancha yupqalashadi. Ekranda hech qanday «kemtik» bo‘lmaydi – yakka modulli selfi-kamera ingichka romning o‘ziga sig‘adi. Natijada Galaxy S10 Lite, Galaxy S10 yoki Galaxy S10 Plus quyidagicha ko‘rinish oladi:

Galaxy S10 turkumi smartfonlari 2019 yilning 24 fevralida namoyish etilishi va ertasigayoq unga oldindan buyurtma olina boshlashi kutilmoqda. Shu kungacha global bozorga chiqarilgan aksariyat Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Bojxonada haqiqiy tilla smartfon ushlab qolindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.