«O‘q o‘tmas» Cybertruck’ning taqdimotida Tesla aytmagan jihati fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2019
  •  21.04.2020 14:11

«O‘q o‘tmas» Cybertruck’ning taqdimotida Tesla aytmagan jihati fosh bo‘ldi!

Tesla kompaniyasi o‘tgan yilning noyabrida butunlay elektrlashtirilgan Cybertruck pikapini taqdim etgan edi. Antiqa ko‘rinishi bilan masxaralarga sabab bo‘lsa-da, ikki kun ichida unga berilgan buyurtmalar 146 mingdan oshgan!

O‘QING: CES 2020: Sony kutilmaganda Tesla’ning «panjasiga panja urdi»! (+video)

Kompaniya asoschisi Ilon (Elon) Mask eletropikap haqidagi avval ma’lum bo‘lmagan qiziq ma’lumotni aytdi. Aslida suhbat Tesla kompaniyasining boshqa, avvalroq O‘zbekiston prezidentining kuyovi Toshkent ko‘chalarida avtomashinani tezlikni oshirib haydagan mashinasi – Model S haqida boshlangan. Mazkur elektromobil suv to‘ldirilgan tonneldan ham o‘ta olishi aytilgan, Mask esa, bunday qilmaslikni tavsiya etgan, ammo Model S yaxshi suza olishini ta’kidlagan edi.

Kuni kecha Twitter tarmog‘ida Ilon Maskka murojat etib, Cybertruck ham suv havzalarini bexavotir kechib o‘ta oladimi, deb so‘rashgan. Tadbirkor esa bunga javoban: «Ha, u hatto biroz muddat suzib yura oladi», deya javob bergan.

Aytish kerakki, Tesla Cybertruck uchun allaqachon buyurtmalar olinayotgan esa-da, hali yetkazib berish boshlanmagan – uni takomillashtirish ustida ishlar haliyam davom etmoqda. Uning nimalarga qodirligiga esa o‘shanda xarid qilib, haydab ko‘rganlar aniqlik kiritishar.

O‘QING: Qarshi oling: Cyberphone – elektromobil bilan iPhone chatishmasi! (+video)