«Roskachestvo»: «Sukerberg kabi, siz ham gadjetlaringiz mikrofon va kamerasini yopib qo‘ying!»

  •   DiMaX
  •  1653
  •  03.08.2019 15:42

«Roskachestvo»: «Sukerberg kabi, siz ham gadjetlaringiz mikrofon va kamerasini yopib qo‘ying!»

Rossiyaning sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti foydalanuvchilarga noutbuklarining kamera va mikrofonlariga skotch yopishtirib yoki boshqa yo‘l bilan ularni yopib qo‘yishni tavsiya etdi. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, nolegal kuzatishlardan saqlanish uchun butun dunyoda shunday qilishadi.

O‘QING: JOSUSLARDAN SAQLANING: Windows 10 tizimida veb-kamerani o‘chirib qo‘yamiz

«Bu sizning maxfiy qolishingiz hamda xotirjam bo‘lishingiz imkoniyatlarini oshiradi, – deyiladi «Roskachestvo» chiqishida. – Shunda hatto xaker sizning gadjetingizga ulana olgan taqdirda ham, unda sizni ko‘rish, eshitish imkoni bo‘lmaydi. Ushbu tavsiya kimlargadir ortiqcha vahima bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin ko‘pchilik hatto o‘zi uyda bo‘lgan payti ham ko‘cha eshigini qulflab o‘tiradi-ku...»

Ta’kidlanishicha, egasiga sezdirmasdan kompyuterning mikrofon va kameralarini ishga tushiruvchi viruslar ham mavjud. Shu boisdan ularni yopib qo‘yish – hozirda paranoyya emas, balki «raqamli gigiyena» qoidalaridan biridir.

«Roskachestvo», shuningdek, mobil ilovalarning nimalarga ruxsatlar so‘rashi masalasiga jiddiy yondashishni tavsiya etgan. Ayrim dasturlarning mikrofon, kamera, fotogalereya va geolokatsiyaga kirishlarini cheklab qo‘yish lozim.

Shuningdek, Facebook rahbari Mark Sukerberg hali 2016 yillariyoq shunaqa yo‘l tutgani ham eslab o‘tilgan.

O‘QING: Xakerlar ushbu kompaniyaning noutbuk va kompyuterlarini egalariga sezdirmasdan boshqarib kelishayotgan ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!