Samsung Galaxy Note 9 stilusi yangilanmoqda

  •   Saroy
  •  1261
  •  26.06.2018 12:17

Samsung Galaxy Note 9 stilusi yangilanmoqda

Avgust oyida Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy Note 9 fabletini taqdim etishi kerak. Ushbu qurilmaning ko‘rinishi va tavsifi haqida bundan avvalroq ma’lum qilingandi, endi esa Galaxy Note lineykasining eng asosiy jihati, ya’ni stilusi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Ice Universe nomli hali bizga notanish bo‘lgan Xitoy insayderi o‘zining Twitter’dagi akkauntida shunday yozadi:  «to‘qqizlik» stilusi, ma’lum ma’noda foydalanuvchilarning umidini oqlaydi.  «Galaxy Note 9  uchun S Pen — bu haqiqatan ham zo‘r. U S Pen tarixidagi eng yirik yangilanish bo‘lishi mumkin».

O‘QING: Rossiya mobil telefonlari bozorida o‘sish kuzatilayapti

Xabarda aytilishicha, yangi stilus Bluetooth moduli, mikrofon va ovozkuchaytirgich bilan ta’minlanadi. Ya’ni, u nafaqat oddiy qalam, balki to‘laqonli garnitur bo‘ladi. To‘g‘ri, bu hozircha tasavvurimizga unchalik sig‘maydi, lekin ma’lumot tarqatuvchilar shunga ishontirishmoqda.

Tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, Samsung Galaxy Note 9  6,3 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, Qurilma o‘zgaruvchan  diafragmali kamera hamda sig‘imi 4000 mAch batareya bilan ta’minlanadi. Yuragi — Snapdragon 845 yoki Exynos 9810. Chipining ishlashiiga 6 yoki 8 gigabaytli OZU ko‘maklashadi, shuningdek  u , 64, 128, 256 va 512 gigabaytli xotiralarga ham ega.

O‘QING:O‘QING: Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!