TOP-10: Antutu’ga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyul)

TOP-10: Antutu’ga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyul)

Ommabop Antutu benchmark-testi jamoasi ayni kundagi eng qudratli Android-smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat mahalliy – Xitoydagi foydalanuvchilar tomonidan may oyida o‘tkazilgan testlar asosida tuzilgan.

Birinchi o‘rinni avvalgidek 382 ming ball bilan Nubia Red Magic 3 smartfoni egallab turibdi. Qurilma sovutish tizimiga ega 7 nanometrlik Qualcomm Snapdragon 855 protsessori, va 6/8/12 GB lik operativ xotira asosida ishlaydi.

Ikkinchi o‘rinni esa yana bir o‘yinbop smartfon – Xiaomi Black Shark 2 egallagan. Qualcomm’ning top protsessori o‘rnatilgan ushbu smartfon 375 ming ball olishga erishgan. Qizig‘i shundaki, o‘tgan reytingda ikkinchi o‘rinda bo‘lgan ZTE Axon 10 Pro uchun ushbu reytingda umuman joy topilmagan. Kuchli uchtalikni Xiaomi Mi 9 Transparent Edition (371 021) yakunlab bergan.

To‘rtinchi o‘rinni Xiaomi Mi 9 (370 884)(sotib olish), beshinchi o‘rinni esa OnePlus 7 Pro (368 307) band qilgan. Keyingi o‘rinlarni Meizu 16S (367 981), OnePlus 7 (367 718) i Redmi K20 Pro (367 003) egallagan.

Reytingda oxirgi ikkita o‘rinni Galaxy S10+ (xarid qilish) va Galaxy S10+ (sotib olish) flagmanlari egallagan. Ushbu modellar testda mos ravishda 361 449 va 360 327 ballarni olishgan.

O‘QING: Xiaomi SS9ye smartfoni umuman kutilmagan protsessorga ega bo‘lishi mumkin