Ucell oltita tarifdagi abonentlariga endi doimiy asosda, har kuni 50 MBgacha bonus beradi!

  •   DiMaX
  •  2262
  •  23.06.2018 13:54

Ucell oltita tarifdagi abonentlariga endi doimiy asosda, har kuni 50 MBgacha bonus beradi!

O‘zbekistonda Ucell savdo belgisi ostida faoliyat yuritayotgan «COSCOM» MChJ o‘z mijozlari uchun turli aksiyalar va bonuslar taqdim etmoqda. Jumladan, futbolsevar mijozlari uchun maxsus xizmat hamda bitta aksiya e’lon qilgan.

O‘QING: Ucell’dan yana bir hadya: Futbol bo‘yicha jahon chempionati – smartfoningizda!

Endi esa, mazkur operator o‘zining oltita tarif rejasidagi abonentlari uchun doimiy asosda bonuslar berishini e’lon qildi.

Ucell saytida ma’lum qilinishicha, 2018 yilning 22 iyunidan boshlab «Ijobiy», «Ko‘proq!», «Oddiy», «Fresh», «Qulay internet» va «OK» tarif rejalari abonentlariga o‘z tarif rejalari doirasida har kuni tegishli bonuslar taqdim etiladi. Ya’ni, ular quyidagi jadvalga muvofiq kunlik bonuslarni cheklanmagan muddat davomida oladilar:

Tarif

Kiritilgan limit

Ijobiy

Tas-IX yo‘nalishi uchun 50 MB

Ko‘proq!

Tas-IX yo‘nalishi uchun 50 MB

Oddiy

Tas-IX yo‘nalishi uchun 50 MB

Fresh

Tas-IX yo‘nalishi uchun 50 MB

Qulay internet

Telegram uchun 33 MB

OK

Telegram uchun 33 MB

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina mazkur operator «Oylik internet-to‘plamlar» shartlariga ham abonentlarga yoqimli o‘zgarishlar kiritgandi.

O‘QING: Ucell’dan xushxabar: endi «Oylik internet-to‘plamlar»dagi megabaytlaringiz keyingisiga o‘tadigan bo‘ldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!