VIDEO: Yer uzra uchayotgan NUJlarni kosmonavt tasvirga tushirib oldi!

  •   DiMaX
  •  1670
  •  20.08.2020 18:01

VIDEO: Yer uzra uchayotgan NUJlarni kosmonavt tasvirga tushirib oldi!

Xalqaro kosmik stansiya bortida ishlaydigan rus kosmonavti Ivan Vagner kecha Antarktida ustidan tasvirga tushirilgan videoni Twitter’da joylashtirdi. Ushbu lavhada kosmosda uchib ketayotgan beshta noma’lum jism aks etgan, deb yozadi Sof.uz

O‘QING: SENSATsIYa: Pentagon haqiqiy NUJlar aks etgan uchta videoyozuvni rasman oshkor qildi!

Fazogir bu paytda aslida go‘zal tabiiy hodisa – shimol yog‘dusini suratga olayotgan bo‘lgan.

«Ammo videoda siz shunchaki porlashning o‘zi emas, balki boshqacha narsani ko‘rasiz... 9-12-soniyada parallel yo‘nalishda va o‘zaro bir xil masofada uchib ketadigan beshta jism paydo bo‘ladi», deb yozgan Vagner.

Vagner ularni meteorlar, yo‘ldoshlar yoki boshqa biron bir narsa bo‘lishi mumkin, deb gumon qilgan. «Ma’lumotlar Roskosmos davlat korporatsiyasi rahbariyatiga yetkazildi. Materiallar tahlil qilish uchun SNIIMash va Rossiya Fanlar akademiyasining Fazoviy tadqiqotlar institutiga topshirildi», – deya qo‘shimcha qiladi kosmonavt.

Vagnerdan tashqari, hozirda XKS bortida rossiyalik Anatoliy Ivanishin va amerikalik Kristofer Kassidilar bor.

O‘QING: Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.