Xakerlar Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYoQSh)da to‘lov tizimini izdan chiqardi

  •   Saroy
  •  1235
  •  20.07.2018 12:08

Xakerlar Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYoQSh)da to‘lov tizimini izdan chiqardi

AQShning Detroyt shahrida xakerlar AYoQSh boshqaruvi tizimiga kira oldilar va benzin uchun to‘lovni uzib qo‘yishdi. Natijada 600 gallon, ya’ni 2270 litr benzin o‘g‘irlandi. Mahalliy Fox 2 Detroit telekanali shu haqda ma’lum qilgan.

O‘QING:Xakerlar jarrohlik amaliyoti chog‘ida tibbiy texnikani o‘chirib qo‘yishdi

Xakerlar AYoQShning ojiz tomonini topib, undan foydalanayotgan paytda o‘nlab avtomobillarga yoqilg‘i quygan. Zararning umumiy miqdori 1 800 dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, AYoQSh xodimlari muammoni darhol bartaraf eta olishmagan, nasoslarni boshqarish tizimi xodimlarning harakatiga javob bermagan. Faqat yarim soat o‘tgandan  keyingina, «ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan xatamtoylikni» to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan. Ayni paytda politsiya ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

O‘QING:Toshkentlik xaker bankni salkam 90 ming dollarga «chuv tushirdi»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!