Xiaomi’ni sudga berishdi – uni bir qator patentlarni buzishda ayblashmoqda

  •   DiMaX
  •  1264
  •  12.05.2018 11:11

Xiaomi’ni sudga berishdi – uni bir qator patentlarni buzishda ayblashmoqda

Ayni birjaga chiqish arafasida turganida, Xiaomi korporatsiyasi ustidan sudga shikoyat qilishdi. Xitoylik ishlab chiqaruvchi – Coolpad da’vosiga ko‘ra, «xitoycha Apple» uning bir nechta patent huquqlarini buzgan.

O‘QING: Apple va Xiaomi sudlashmoqda: qaysi gadjet dizayni o‘g‘irlandi?

Coolpad o‘zining sho‘’ba korxonasi – Yulong Computer Telecommunication Scientific nomidan sudga arz qilib, korporatsiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan uchta: Xiaomi Telecom Technology, Xiaomi Technology hamda Xiaomi Factory kompaniyalarini ayblamoqda.

Da’vo arizasiga ko‘ra, Xiaomi mazkur kompaniyaning bir qator patentlarini buzgan; jumladan, foydalanuvchi interfeysining ayrim unsurlari, dizayn hamda smartfonlarda bir nechta SIM-kartani qo‘llash kabilar uchun olingan patentlar.

Coolpad shundan kelib chiqib, Xiaomi’dan bir qator modellardagi smartfonlarining savdosini to‘xtatishini hamda yetkazilgan zararni qoplab berishini talab qilayotir. «Xitoycha Apple» esa, o‘z navbatida, da’vo arizasida ko‘rsatilgan patentlarni qonuniy kuchga ega emas, deb topilishini so‘ramoqda.

O‘QING: O‘zbekistonlik bloger «Yoshlar» telekanalini sudga bermoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!