Yaqinda taqdim etiladigan Galaxy A7 (2018) smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  2018
  •  31.07.2018 12:57

Yaqinda taqdim etiladigan Galaxy A7 (2018) smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Aksariyat muxlislari asosiy e’tiborini 9 avgustda taqdimoti bo‘ladigan Galaxy Note 9 fabletiga qaratayotgan bir paytda, Samsung boshqa modellar ustida ham ishlayapti. Shulardan biri – o‘rta narx toifasiga mansub smartfon Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S10: uzoq kutilgan funksiyasining qanday ishlashi ma’lum bo‘ldi

Ushbu benchmark servisining ma’lumotlar bazasida Samsung kompaniyasining yangi, hali rasman ma’lum qilinmagan yangi telefoni oshkor bo‘ldi. Janubiy koreyalik gigant uni SM-A750FN kodli nomi ostida sinovdan o‘tkazib ko‘rgan.

Kuzatuvchilarning taxminicha, yangi qurilma bozorga Galaxy A7 (2018) modeli sifatida taqdim etiladi. Mana, uning Geekbench’dagi yakka yadroli hamda ko‘p yadroli testlarda ko‘rsatgan natijalari:

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Samsung yangi smartfoniga o‘zining ishlanmasi – Exynos 7885 protsessorini o‘rnatgan. Ushbu chip sakkizta yadroni o‘zida birlashtirgan: 2,2 GGs chastotali ikkita Cortex-A73 hamda 1,6 GGs chastotali oltita Cortex-A53 yadrolari. Tasvirlar bilan ishlash uchun esa Mali-G71 MP2 kontrolleri mas’ul.

Exynos 7885 platformasi simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 5.0 talqinlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Undagi integratsiyalashgan LTE modem uyali aloqa tarmog‘i orqali 600 Mbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi.

O‘QING: O‘zbekistonda internet tezligi necha barobarga oshdi?

Galaxy A7 (2018) deya taxmin qilinayotgan yangi smartfon 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan, Android 8.0 Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Janubiy koreyaliklarning ushbu devaysi displeyi hamda kameralari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Galaxy A7 (2018) taqdimoti esa hozirgi yoki keyingi chorakda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘QING: Smartfon portlashidan qo‘li va yuzi mayib bo‘lgan qizchaning oilasi Samsung’dan 250 000 dollar talab qilmoqda