Yuqori texnologiya qurbonlari: robotlar, smartfonlar, videoo‘yinlar

  •   Saroy
  •  1615
  •  27.07.2018 10:28

Yuqori texnologiya qurbonlari: robotlar, smartfonlar, videoo‘yinlar

Shafqatsiz robot-qotillar armiyasini hali hech kim yaratganicha yo‘q, lekin odamlar baribir beozor gadjetlar va mashinalar tufayli qurbon bo‘lmoqda. Yangi texnologiyalar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar tez-tez quloqqa chalinadi, ammo aybni har doim ham sun’iy intellektga ag‘darish to‘g‘ri bo‘larmikan?

Temir hamkasblar

Yirik fabrikalarda robotlar aybi bilan tez-tez halokatlar sodir bo‘lib turadi. Shunday hodisalarning eng birinchisi 1979 yilda yuz berdi. Ford fabrikasi ishchisi boshiga og‘irligi bir tonnalik robotdan zarba yedi. Bu falokatga Fabrikada texnika xavfsizligi bo‘sh tashkil qilingani sabab qilib ko‘rsatildi.

1981 yilda Yaponiyaning Akasi shahrida robot uni tuzatayotgan muhandisni tosh maydalagich mashina og‘ziga itarib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, zavod ishchilarining biri tasodifan robot tumbleriga tegib ketgan va mashina ishlab ketgan.

2015 yilda Volkswagen zavodida robot-qotilni yasaganlarning biri bo‘lgan yosh yigit halok bo‘ldi. Qonxo‘r mashina uni ushlab olib bor kuchi bilan metall plastinga uloqtirgan. Fojea sababchisi sifatida boshqa ishchini ayblashdi, emishki, u  mashinaga yolg‘on signal bergan.

O‘QING:Sberbank xodimlarning bir qismini robotlar bilan almashtirmoqchi

O‘sha yilning o‘zida Detroytdagi zavodda    aqldan ozgan robot qandaydir sabab bilan ishchi ayolni ushlab olib boshini ezib tashladi. Shu bilan ham qanoatlanmay, u ayol tanasini qisqich orasiga joylashtirmoqchi bo‘lgan.

Bir yildan keyin shunga o‘xshash fojea Ajin USA   fabrikasida yuz berdi. Robot kutilmaganda ishlab ketdi va 20 yoshli xodimani shunday kuch bilan itarib yubordiki. Qiz ertasi kuni hayotdan ko‘z yumdi. Barchasi uchun fabrika rahbariyatini ayblashdi: ular go‘yo texnika xavfsizligiga amal qilmagan.

Hammasiga selfi sababchi

Smartfonlar ko‘plab falokatlarning sababchisidir. Odam gadjetga ozgina e’tibor qaratdimi  — bum, avtohalokat! Statistika bo‘yicha smartfondan foydalanuvchi insonlarning 43 foizi biror narsaga qoqiladi yoki devorga uriladi. Piyodalar haqidaku aytmasa ham bo‘ladi: har yili 1,5 million kishi smartfonga qaragani va yo‘lni mumkin bo‘lmagan joydan kesib o‘tishi oqibatida kasalxonaga tushadi.

Yo‘l transport hodisasi haqida aniq statistika hozircha yo‘q, chunki ularni mashinani boshqarayotganda haqiqatan ham gadjet chalg‘itganmi yoki boshqa narsa sabab bo‘lganmi, aniqlash qiyin. Ammo Zendrive mutaxassislarining aniqlashicha, 3 million  haydovchining 88 foizi harakat davomida smartfondan foydalanadi.

Avtohalokat tufayli qurbon bo‘lganlar sonini ayniq aytolmasligimiz mumkin, lekin o‘zlarini selfi qilish kabi axmaqona qiliqlari tufayli hayotdan ko‘z yumganlar sonini aniq aytsa bo‘ladi. Masalan, 2015 yilda akula hujumi tufayli  o‘lgan odamlardan o‘zini selfi qilib halok bo‘lganlar soni oshib ketdi. Statistika bo‘yicha, 2017 yilda 127 kishi o‘zini o‘zi suratga olaman deb narigi dunyoga ravona bo‘lishdi, yana qanchasi jarohat olgan, bunisi yolg‘iz Yaratganga ayon.

O‘QING:Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

Aksariyat hollarda odamlar o‘zlarini suratga tushiraman deb balandlikdan tushib ketadi yoki cho‘kib ham ketadi. Ularni poyezd urib ketadi yoki hayvonlar hujumiga duch kelishadi, o‘q otar qurol kutilmaganda otilib ketadi. Quyida ana shular haqida misollar keltirilgan:

  • Erkak kishi korridada buqa bilan selfi qilaman deb halok bo‘ldi.
  • Xitoylik sayyoh bir yarim tonnalik morj bilan rasmga tushaman deganda, morj uni suvga tortib ketdi.
  • Angliyalik momoqaldiroq vaqtida selfi qilishga urinib ko‘rdi, yashin selfi-tayoqchasiga tegib, uning hayotiga nuqta qo‘ydi.
  • Hindistonda yetti nafar yigit qayiqda suzib ketayotganda selfi qilishgan. Qayiq ag‘darilib ketishi natijasida ular halok bo‘lishdi.
  • Bir qiz poyezd tomida selfiga tushmoqchi bo‘lgan va elektr uzatkich simga tegib ketgan –oqibati o‘lim bilan tugadi.

Rossiyada Angelina Nikolau degan qiz bor. U eng qo‘rqinchli joylarda o‘zini selfi qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Qiz eng baland joylarda suratga tushishni yoqtiradi. Maslahatimiz: bu qizga aslo taqlid qilmang, deyiladi ushbu xabarda. 

Boshqaruvchisiz apparat vasvasasi

2016 yilda amerikalik Joshua Braun  trassada Tesla mashinasida haydovchisiz boshqaruv tizimini ishga tushirib uchib borar edi. Bir zum boshqa narsa bilan chalg‘ish hayotiga zomin bo‘ldi. Mashina katta yo‘lda oldinda ketayotgan yuk mashinasini sezmadi va aylanib o‘tish o‘rniga to‘g‘ri avtopoyezd tagiga kirib ketdi. Gap shunda ediki, yuk mashinasi ranggi bo‘sh yo‘lda ochiq havo rangida ekan, sun’iy intellekt uni ajrata olmagan. Avtomobilning tomi uchib ketdi, bir necha bor dumalab simyog‘ochga borib urildi. Natijada  Braun yo‘l transporti hodisasi qurboni bo‘ldi.

Robotexnikalar bo‘yicha ekspertlar  avtomobillarning haydovchisiz boshqaruv tizimi mototsikl va velosipedchilarni odam o‘rnida ko‘rmasligi haqida avval ham bir necha bor aytishgan. 2016 yilda Tesla Model S bir mototsiklchini bosib ketgan va uni o‘ldirib qo‘yishga bir bahya qolgan. 2017 yilda esa Model X  mototsiklda ketayotgan ikki nafar politsiyachini bosib ketdi.

Yaqindagina, Arizona shtatida ro‘y bergan voqea: haydovchisiz boshqariladigan Uber taksi ayol piyodani bosib ketdi. Poditsiyachilarning xulosasiga ko‘ra, bu yerda sun’iy intellektning aybi yo‘q, ayolning o‘zi aybdor, chunki u qo‘qqisdan, mumkin bo‘lmagan joyda yo‘lni kesib o‘tgan va haydovchisiz mashina  to‘xtashga ulgurmay qolgan.

O‘QING:Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

Qurol-yarog‘lar ham o‘z egalarini o‘ldirishi mumkin

2007 yilda JARda harbiy mashqlarda to‘qqiz nafar mahalliy askar halok bo‘ldi. Kompyuter bilan boshqariladigan avtomat zenit quroli  tusatdan ishdan chiqdi. Boshda zenit quroli go‘yo hayol surayotgandek jim turgandi, keyin kutilmaganda qatorasiga  50  ta fugasli snaryadni yaqin orada turgan odamlarga qarata otdi, Odamni aniqlashning avtomatik tizimi va mashinaning o‘zini o‘zi o‘qlashga qodirligi askarlarga tirik qolish uchun hech qanday imkon qoldirmadi.

Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, bu voqea yagona emas ekan. Bunday zenit qurollari avval ham buzilib turgan,  faqat ularda odamlar qurbon bo‘lmagan.

GPS, meni qayoqqa boshlayapsan?

Navigatsii qurilmasi ham kamchilikdan holi emas. 2016 yili Ispaniyada er-xotin halok bo‘ldi: Ular mashinasida GPS-tizimi ko‘rsatmasiga amal qilib ketardi. Tizim esa ularni daryodan kechib o‘tishga chorladi. Daryo esa yaqinda yog‘ib o‘tgan jala tufayli to‘lib oqardi. Oqibatda daryo avtomobilni o‘z domiga tortib ketdi.

2011 yili  GPS-navigator bir juft yigit  qizni  Las-Vegas yo‘lida adashtirib, uzoq dashtu biyobonga olib borib tashlagan. U yerda mashinaning motori o‘chib qolgan va qayta o‘t olmagan. Ikkalasi ham mustaqil ravishda u yerdan chiqib ketolmagan. Qizni ikki oy o‘tgandan keyin chalajon holda topishdi, uning yo‘ldoshi esa yo‘lda halok bo‘lgan ekan.

O‘QING:Amazon boshladi: endi navbat top menejerlarga

23 yoshli kanadalik ayol GPS boshqaruviga ishonib mashinasini to‘g‘ri ko‘lga haydaganini bilmay qoldi.

GPS-navigator Rodrigo Diazni  u qidirayotgan uy tomon boshlamay boshqa begona uyga boshlagan. Bechora yigit uyga kiraman deganda uy sohibi talanchi o‘g‘ri keldi deb, uni otib tashlagan.

Qassob jarrohlar

2015 yilda amerikalik bir guruh olimlar kishini havotirga soladigan statistikani e’lon qilishdi. 13 yil mobaynida jarrohlik amaliyoti vaqtida 144 kishi halok bo‘lgan, chunki ushbu jarrohlik amaliyotida vrachlarga robotlar assistentlik qilgan ekan.

1391 nafar bemor sun’iy vrachlar aybi bilan jarohat olgan, 8061 holatda ushbu kulfat keltiruvchi yordamchilar harakat jarayonida  shunchaki o‘chib qolgan, yoki ishlamay qo‘ya qolgan.

Albatta, bu vaqt mobaynida robotlar ishtirok etgan jarrohlik amaliyotlar soni ham oz emas — 1,7 million marta. Lekin ushbu statistikaning o‘zi ham inson tanasi bilan bog‘liq o‘ta nozik tibbiy amaliyot borasida sun’iy intellektning hali unchalik  mukammal emasligini ko‘rsatadi.

O‘QING:ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Tibbiyot sohasida odamlarning o‘limiga yoki jarohat olishiga sabab bo‘lgan robotlar bilan bog‘liq voqealar orasida quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin: elektr  uchqun otilishi natijasida  mijoz kuyib qolgan, robotning mayda detallari inson tanasi ichida qolib ketgan, mashina shunchaki, noto‘g‘ri harakat qilgan. Eng xavfli tibbiy amalyot bosh va bo‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan amalyotlar sanalar ekan. 

Shunchaki ermak desangiz qattiq adashasiz

Videoo‘yinlar ham hamma o‘ylagandek, beozor ermak emas ekan. Ular ham bir necha bor o‘z muxlislarining hayotiga zomin bo‘lgan va bu yerda gap faqat addiksiyada ham emas. 2007 yili  28-yoshli Jennifer Streynj  konkursda ishtirok etadi, Musobaqada hech yoqqa qimirlamay eng ko‘p suv ichgan ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi. O‘yin tashkilotchilari musobaqa g‘olibiga sovrin sifatida Nintendo Wii qurilmasini taklif etadi. Qiz bechora o‘yin pristavkasini olishni shunchalik orzu qilgan ekanki, natijada 7,5 litr suvni ichadi va suv intoksikatsiyasidan vafot etadi.

2005 yili Janubiy Koreyalik o‘smirni internet-kafeda jonsiz holatda topishdi. Ma’lum bo‘lishicha, u to‘xtamasdan 50 soat StarCraft, o‘ynagan ekan, hatto uxlamagan ham, tamaddi  ham qilmagan. Tayvanlik 18 yoshli yigit ham to‘xtamasdan 40 soat davomida videoo‘yin o‘ynagan.

Bularning barchasi yuqori texnologiya mahsulotlari insonlar uchun shunchaki ermak emasligini,  ularga jiddiy hamda ehtiyotkorroq bo‘lib munosabatda bo‘lishimiz kerakligini eslatib turishi kerak.