2016 yilning eng ommalashgan smartfonlari “top-10″taligi

2016 yilning eng ommalashgan smartfonlari “top-10″taligi

Bir oz avval e’lon qilganimizdek, tanqidiy-tahliliy tadqiqotlar olib boradigan IHS Markit xalqaro markazi tadqiqotlariga ko‘ra, 2016 yilda amerikalik smartfon modeli — iPhone 6s 2016 yilda eng ko‘p sotilgan smartfonga aylandi.
Mazkur o‘rganishlar davomida jahon miqyosida sotiladigan 350 modeldagi smartfon brendi o‘rganilgan.
Shunday qilib, xalqaro miqyosida eng ko‘p sotilgan smartfonlarning “top-10″ligi bilan tanishing:

1. iPhone 6s — 60 million dona;


2. iPhone 7 — 50 million dona;


3. iPhone 7 Plus — 25 million donadan ziyod;


4. iPhone 6s Plus — 25 million dona;


5. Samsung Galaxy S7 Edge — 25 million donaga yaqin;


6. Samsung Galaxy J3 (2016) — 25 million donaga yaqin;


7. Oppo A53 — 25 million donaga yaqin;


8. Samsung Galaxy J5 — 24 million dona;


9. Samsung Galaxy S7 — 24 million dona;


10. Samsung Galaxy J7 — 24 million dona.

Xalqaro bozorda, shuningdek Huawei’ning P9 smartfon modeli ham ommalashgan. Xitoylik ishlab chiqaruvchi OPPO’ning smartfon yetkazib berish ko‘rsatkichi 109 foizga oshgan va u jahondagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilar qatorida 2015 yildagi 7-o‘rindan 3 pog‘ona ko‘tarilib, 2016 yilda 4-o‘rinni egalladi. Vaholanki, Huawei bilan solishtirib ko‘rganda bu yosh kompaniyaning smartfonlari ro‘yxati u qadar boy emas. Huawei xalqaro bozorda mashhur. OPPO esa mobil qurilmalarining 80 foizini Xitoyning o‘zida sotadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!