2017 yilning xaridorgir devayslari reytingi e’lon qilindi

2017 yilning xaridorgir devayslari reytingi e’lon qilindi

Xalqaro GBH marketing tadqiqotlari kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Apple smartfonlarining umumiy savdo ko‘lami 2017 yilda boshqa texnologik qurilmalarga qaraganda keskin ko‘tarilib ketgan. Kompaniya dunyo bo‘ylab eng yaxshi sotilayotgan texnologik gadjetlarni ishlab chiqarmoqda.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Apple 2017 yilda jahon miqyosida jami o‘rtacha 233 million dona iPhone sotishga erishgan. Boshqa biror bir elektron qurilma dunyoda bunchalik ko‘p sotilgani yo‘q. Ikkinchi o‘rin esa kutilganidek, Samsung Galaxy S8 hamda Samsung Galaxy Note 8 modellari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchi bu devayslardan yil davomida 33 million dona sotgan.

Eng yaxshi sotiladigan gadjetlarning yetakchi uchligini Amazon kompaniyasining Echo Dot smart-dinamikasi yakunlab bergan. 2017 yilda bu kolonokadan jami 24 million dona sotilgan. Oldingi yilda jahonning eng ommabop gadjetlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rin Apple Watch qurilmasiga nasib qilgan. Kompaniya 20 million dona bunday "aqlli soat"dan sotishga muvaffaq bo‘lgan. Beshinchi o‘rinda esa Nintendo Switch gibrid konsoli turibdi. Geymerlar dunyo bo‘yicha 15 million dona shunday qurilmani sotib olishgan.

iPhone qurilmasi 2016 yilda ham jahonning eng yaxshi sotilgan devaysi nomini qo‘lga kiritgan edi. O‘sha yili Apple 211 million dona smartfon sotishga erishgan edi. Tahlilchilarning hisoblashlaricha, 2018 yilda ham kompaniya bu nomni o‘zida saqlab qoladi. Modomiki, bu yil kutiganidek, Apple gadjetlari arzonlashsa, korporatsiyani chinakam omad kutib turibdi.

Shu bilan birga, "aqlli kolonka" sotishda Apple raqibi Amazon'ni ham ortda qoldirib, Home Pod qurilmasidan eng ko‘p sotishi ham mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!