2018 yil holatida 5 ta eng boy IT-kompaniyalar

2018 yil holatida 5 ta eng boy IT-kompaniyalar

Axborot texnologiyalari tezkor va kamxarj orqali boyib ketishda ayni paytda barcha yo‘nalishlardan ustun bo‘lib kelmoqda. Jahondagi eng boy 5 ta kompaniya bilan quyida tanishib oling.

#1 Apple inc.

Bahosi: $618 mlrd.

Sohasi: Elektronika, axborot texnologiyalari.

Mahsuloti: Personal kompyuterlar va planshetlar, mobil telefonlar, audiopleyerlar, smart-soatlar …

Reytingda yaqqol peshqadamlik Apple inc. korporatsiyasiga nasib qilgan. Bugunga kelib mazkur kompaniyaning ramzi jahonning barcha davlatlari va hududlarini zabt etishga ulgurdi. Shubhasizki, jahon bo‘ylab 116 ming xodimga ega Apple dunyoning eng muvaffaqiyatli kompaniyasidir.

Unga 1976 yilning 1 aprelida Stiv Jobs, Stiv Voznyak hamda Ronald Ueyn tomonidan asos solingan. Ular avvaliga garajda personal kompyuterlar yig‘ishgan. Apple so‘nggi yillarda mobil mahsulotlari — iPhone smartfoni hamda iPad planshetlaridan katta foyda ko‘rmoqda. Brendning ommalashuvi Stiv Jobsning sifatli, ilg‘or, yuqori dizayndagi va qimmatbah mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangan marketing g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq.

Korporatsiya bosh idorasi AQSh ning Kaliforniya shtatidagi Kupertino shahrida joylashgan.

#2 Alphabet Inc.

Bahosi: $532 mlrd.

Sohasi: Internet, dasturiy ta’minot.

Google kompaniyasini sayyoramizning yoshu qarisi yaxshi taniydi. U bir oz avval o‘z nomini Alphabet deb o‘zgartirdi. Endi bu korporatsiya tarkibiga Google qidiruv tizimi bilan birga, ko‘plab boshqa muassasalar ham bor.

Internet-holding rahbari Sergey Brin hamda Larri Peydj, ular birgalikda 1998 yilda mazkur  mega-kompaniyaga asos solishgan.

Google bosh idorasi Kaliforniyada joylashgan. U 40 ga yaqin xizmatlar, jumladan AdWords, Android, YouTube kabi ommabop xizmatlarni ko‘rsatib keladi.

#3 Microsoft

Bahosi: $483 mlrd.

Sohasi: Dasturiy va apparat ta’minot ishlab chiqarish.

Mahsulotlari: Microsoft Office, Microsoft Windows, Xbox.

Jahonga ma’lum va mashhur MicroSoft korporatsiyasiga 1975 yilda, yaqin-yaqingacha ham jahonning eng boy kishisi hisoblangan Bill Geyts asos solgan. O‘sha kezlari Maykrosoft dunyodagi ilk dastur ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida personal kompyuterlar uchun dasturiy ta’minot vositalarining paketlarini ishlab chiqargan. Bu – hozirgi Windows operatsion tizimining ilk avlodi bo‘lgan. Ayni paytda jahonning birinchi raqamli kompyuter tizimi kompaniyaga nihoyatda katta daromad keltirmoqda.

Bugungi kunda Microsoft video, audio vositalar va boshqa turdagi mahsulotlar ham ishlab chiqaradi.

Idora bosh qarorgohi Vashington shtatining Redmond shahrida joylashgan.

#4 Amazon Inc.

Bahosi: $356 mlrd.

Sohasi: Chakana savdo.

Amazon – amerikalik bu riteyler, ya’ni mahsulotni uygacha yetkazib beruvchi kompaniya internet orqali mahsulotlarga buyurtma oladi.

Amazon yordamida internet foydalanuvchi, yetkazib beruvchi hamda ishlab chiqaruvchi hamkorlik o‘rnatadi. Mahsulotlar sifati va xizmat ko‘rsatishning arzonligi va tezkorligi, tanlov imkoniyatining yuqoriligi Amazon kompaniyasi nufuzini oshirdi.   

Kompaniyaga 1994 yilda bugungi kunda jahonning eng boy kishisi bo‘lgan Jefos Bezos tomonidan asos solingan. Idora bosh qarorgohi Vashington shtatining Sietl shahrida joylashgan.

Kompaniyada ayni paytda jahon bo‘ylab 230 ming xodim mehnat qiladi. Amazon aktivlarining qiymati 55 mlrd., yillik aylanmasi 75 milliard dollardan oshadi.

#5 Facebook

Bahosi: $332 mlrd.

Sohasi: Internet.

Facebook tarmog‘i 2004 yilning fevralida Mark Zukerberg tomonidan ishlab chiqilgan. Bugungi kunda bu ijtimoiy tarmoqdan 1.86 mrd.dan ziyod odam foydalanadi. Qisqa davr orasida faqatgina ijtimoiy tarmoqdan 332 milliard dollar mablag‘ning to‘plangani aqlga sig‘mas hodisa, deyishmoqda iqtisodchilar.

Bugun Facebook yiliga 8 milliard dollardan ziyod foyda qilmoqda. Buning hammasi reklama hisobidan. Qolaversa, facebook mazkur "o‘ntalik"da daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. So‘nggi yillarda sof daromad miqdori 54% ga oshgan.

Idora qarorgohi Kaliforniyada, Menlo-Park shahrida joylashgan.