2018 yilda iPhone muhim innovatsion xususiyatga ega bo‘ladi

2018 yilda iPhone muhim innovatsion xususiyatga ega bo‘ladi

Apple shu kunlarda L-shaklidagi batareyalarni ishlab chiqarish ustida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda. Bu kabi ilg‘or akkumulyatorlar keyingi yilgi ayfon smartfonlarida ommaviy tatbiq qilinadi.

KGI kompaniyasining yetakchi tahlilchisi bo‘lgan Min-Chi Kuoga ko‘ra, bo‘lajak ayfon modellarining akkumulyatorlarining elektr toki sig‘imi sezilarli ravishda oshadi.

Yangi batareyalarni kompaniyaga Koreya Respublikasining LGC kompaniyasi yetkazib beradi.



Smartfon korpusini yanada yupqa dizaynda ishlab chiqarish maqsadida, smartfon ishlab chiqaruvchilari odatda ichkaridagi tarkibiy qismlarni imkon qadar ixchamroq ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Batareya esa ularning ichida eng katta maydonni egallaydigan element. U gadjet qalinligi va tashqi ko‘rinishiga ta’sir qiladi.

iPhone X nisbatan sig‘imdor akkumulyatorga ega, shu bilan birga ixchamlikni saqlab qolishga erishgan flagman. Kompaniya buning uchun kichik bir texnologik hiyla ishlatgan. Flagmandagi batareya qo‘shaloq, ya’ni lotincha «L» harfini eslatadi. Taqdimotga yaqin smartfon "quvvat toshi"ning yaxlit bo‘lishi aytilgan edi. Biroq, iPhone X 2 ta akkumulyatorni yagona modulda jam qilgan.

O‘qingiPhone X: “inqilobiy ayfon” haqida 11 fakt!

Apple va LGC hamkorligi natijasida 2018 yilda taqdim qilinadigan 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega iPhone akkumulyatorining tok sig‘imi 3000 mA soatga, 6,5 dyuymli iPhone versiyasidagi batareyaning tok sig‘imi 3 400 mA soatgacha oshadi. Taqqoslash uchun aytish joizki, iPhone X "quvvat toshi"ning tok sig‘imi 2,716 mA soatni tashkil qiladi. Apple iPhone X'dagi Qi quvvatlash texnologiyasi uni xohlagan rususmdagi quvvatlash stansiyasida zaryadlash imkonini beradi. Ayni paytda bu standartda smartfonlar 30 daqiqada 50 foiz quvvatni to‘ldirishlari mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!