2018 yilda Xiaomi Apple'ning bosh muammosiga aylanadi

2018 yilda Xiaomi Apple'ning bosh muammosiga aylanadi

Apple kompaniyasi Osiyo mintaqasidagi smartfon bozorlarini rasman egallashda bir qator muammolarga duch kelmoqda. Jumladan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ish haqining o‘ta darajada pastligi bu hududda "qimmatbaho" brendning ishlarini orqaga tortmoqda. Ayniqsa, iPhone X va u bilan birga taqdim qilingan ayfonlarning narxi ko‘pchilikning hafsalasini pir qildi. Bu esa Xiaomi hamda Meizu kabi arzon smartfon ishlab chiqaruvchi xitoylik kompaniyalarga Osiyo bozorlarini egallashga yordam bermoqda.

Biroq, hamyonbop gadjet ishlab chiqaruvchilari qiyinchiliksiz G‘arb bozorlarini "zabt etish" imkoniyatiga egalar. Kecha Xiaomi kompaniyasi asoschisi va yo‘lboshchisi Ley Szyu 2018 yilda korporatsiya katta maqsadlarni oldiga maqsad qilib qo‘yganini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, keyingi 12 oy ichida Xiaomi AQSh smartfon bozorini egallaydi. Natijada, ham arzon va ham qimmatbaho flagmanlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi Amerikada Apple'ning asosiy muammosiga aylanadi.

Ayni paytda AQSh aholisi Apple, Samsung hamda boshqa qimmatbaho brendlarning devayslarini xarid qilish imkoniga egalar. Biroq, o‘zining flagmanlarini ulardan 2 barobar arzon sotayotgan Xiaomi'ning gadjetlari ular orasida ommalashmagan. Agar Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiaomi'ning smartfonlari okean ortida ham ommalashadigan bo‘lsa, unda "qimmatchi" brendlar holiga voy bo‘ladi. Ya’ni, pulni tejash maqsadida, barcha xitoylik smartfonlarni xarid qilishga o‘tib ketadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, hozircha amerikaliklar Xiaomi haqida va uning mahsulotlari xususida eshitishgan va ijobiy fikrda. Bu esa mazkur gadjetlar AQSh da sotilishi yo‘lga qo‘yilishi bilan ularning ommalashib ketish ehtimolini oshiradi. 2018 yildan boshlab amriqoliklar qimmat iPhone o‘rniga pulni tejashni ma’qul ko‘rishlari aytilmoqda.

Albatta, unutmaslik kerakki, Apple'ning eng ashaddiy muxlislari amerikaliklar va bu brend turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan. Ularning milliy mahsulotini Xitoyning Xiaomi brendiga almashtirish ham xomxayoldek tuyiladi. Biroq, unutmaslik kerakki, hatto amerikaliklar orasida ham qimmat ayfonga pul topa olmaydiganlar millionlab fuqarolar bor. Aynan mana shu omil arzon smartfon brendlarining mamlakatda ommalashuviga xizmat qiladi.

Ley Szyuning fikricha, Xiaomi amriqoliklar diqqatini tortishda aynan ulardan foydalanadi va ular yordamida Xiaomi'ning amerikalik foydalanuvchilari qatlami shakllantiriladi.

Ayni paytda Xiaomi AQSh ga taniqli brendlarga tegishli mobil aloqa vositalarini yetkazib beruvchi ommalashgan Verizon hamda AT&T operatorlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular "xitoylik Olma"ga mintaqa bozoriga chiqishga yordam beradi. Amerikada bu brendning Mi, Redmi, Redmi Note, Mi Max, Mi MIX hamda Mi Note turkumiga kiruvchi smartfonlari jahon miqyosida eng arzon narxda sotiladi. Bu esa Xiaomi'ga 320 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladigan AQSh ning smartfon bozorlari eshiklarini ochib beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!