2023-yil, yanvar: O'zbekistonda internet tezligi qanday?

2023-yil, yanvar: O'zbekistonda internet tezligi qanday?

Ookla kompaniyasining Speedtest xizmati joriy yilning yanvar oyi holatiga ko'ra dunyo mamlakatlaridagi internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni yangiladi. Unda O'zbekiston 138 davlatlar orasida 13.61 Mb/sekund o'rtacha mobil internet tezligi bilan 122-o'rnini "saqlab qolgan" yoxud o'rni o'zgarmagan. Garchi hozirda Rossiya bilan "muammo"larga duch kelayotgan bo'lsa ham, Ukraina davlati xuddi shunday internet tezligi bilan 2022-yil dekabridan 2023-yanvar oyiga 6 pog'ona yuqoriga ko'tarilib chiqqan. Bundanda qizig'i shundaki, bir yil avval, 2022-yilning yanvar oyida O'zbekistondagi o'rtacha mobil internet tezligi sekundiga 13.85 Mb, Speed Global Index'dagi o'rni esa 115 edi.

Keng polosali internet yoxud "simli internet"ga keladigan bo'lsak, bu tomondan ham natijalar qoniqarli deb bo'lmaydi. 2023-yil yanvar oyiga ko'ra O'zbekistondagi o'rtacha simli internet tezligi 43.94 Mb/sekund va mamlakatimiz bundan avvalgi oyga nisbatan 3 pog'ona pastga tushib 179 davlat orasida 92-o'rinni egallagan.

Speedtest'ga ko'ra, hozirda dunyodagi eng tez o'rtacha mobil internet tezligiga ega davlat Birlashgan Arab Amirliklari bo'lib, bu 161.15 Mb/sekundni tashkil qiladi. Keng polasali o'rtacha tezligi borasida esa Singapur yetakchilik qiladi, 234.55 Mb/sekund.

O'QING: Ushbu davlat eng birinchi bo‘lib 6G tarmog‘ini ishga tushiradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!