$265 dollarlik Xiaomi X1'ning haqiqiy surati tarqaldi

$265 dollarlik Xiaomi X1'ning haqiqiy surati tarqaldi

Xiaomi yaqin kunlar ichida X1 smartfonini Lanmi X1 subbrendi ostida taqdim qilsa ajab emas. Kechagina biz bu yangi gadjet to‘g‘risida ilk ma’lumotlarni bergan edik. Bugun esa Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Lanmi X1 gadjetining haqiqiy surati tarqaldi.

Xiaomi X1 yoki Lanmi X1 2 xil variantda ishlab chiqariladi. Har ikkala model FullHD-displey, Snapdragon 660 va Sony'ning qo‘sh ob’yektivli bosh kamera sensorlariga ega bo‘ladi. Bazaviy modifikatsiyada 4/64 Gb xotira bo‘lsa, yuqori talqinda xotira sig‘imi 6/128 gigabaytli bo‘ladi.

Dizayn yechimiga ko‘ra, Lanmi X1 orqa panelida Oppo R11 va iPhone 7 Plus'ga xos jihatlar o‘zlashtirilgan. Yana kimgadir u OnePlus 5'ni eslatib yuborsa, ajab emas. Taniqli insayder Kjuma esa Lanmi X1'ning "jonli" suratini e’lon qildi.

Ko‘rib turganingizdek, suratdagi smartfon qayrilma displeyga ega bo‘lgan. Bu dizayn yechimini to‘liq romsiz deb bo‘lmaydi. Uning yon tomon romlari yupqa bo‘lsa ham, yuqori va quyi romlar LG G6 yoki Samsung Galaxy S8 bilan solishtirib ko‘rganda, juda qalin.

Devaysning bazaviy talqini uchun $265 dollar narx qo‘yilgan.