27 martdayoq taqdim etiladigan iPhone SE 2’ni sifatli suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3525
  •  19.03.2018 09:33

27 martdayoq taqdim etiladigan iPhone SE 2’ni sifatli suratlarda ko‘ramiz!

Apple korporatsiyasi yaqinda, kutilmaganda o‘zining navbatdagi taqdimot tadbiriga taklifnoma tarqatgandi. Unda namoyish etilishi kutilayotgan gadjetlar orasida iPhone SE 2 smartfoni ham bor.

O‘QING: Apple yangi iPhone'ning taqdimot kunini e’lon qildi

Mashhur dizayner Martin Xayek esa ushbu ayfonning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishini ko‘rsatish uchun, iPhone SE 2 render-suratlarini ishlab chiqdi. Yangi ayfon dizaynini yaratishda u o‘tgan yilgi iPhone 8 hamda birinchi avlod iPhone SE smartfonlarining qiyofasini asos qilib oldi. Bu ikkalasining birlashuvidan chindan ham chiroyli telefon yuzaga kelgani suratlarda namoyon bo‘lib turibdi.

Rasmlarda aks ettirilishicha, iPhone SE 2 (2018) o‘zining birinchi avlodiga juda o‘xshash. U diagonali 4 dyuymlik ekranga ega, displeyning ostida esa «Home» tugmachasi joylashgan. Bu tugmachaga Touch ID barmoq izi skaneri integratsiya qilingan. Ya’ni, yangi ayfon old tomonidan ko‘rinishi bo‘yicha 2016 yildan beri sotuvda bo‘lgan iPhone SE modelidan farq qilmaydi.

Biroq uning orqa panelida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Ikkinchi avlod ixcham ayfonning orqa qopqog‘i butkul shishadan ishlangan. Buning sababi ma’lum, albatta – Apple mazkur qurilmasiga 7,5 Vt quvvatga ega bo‘lgan Qi simsiz quvvatlash texnologiyasini joriy etmoqda.

Ayrim manbalarga ko‘ra esa, iPhone SE 2 smartfoniga Power Delivery tezkor quvvatlash texnologiyasi ham tatbiq etiladi. Uning evaziga bu ayfon 1 soatlik muddatda to‘liq quvvatlanib bo‘ladi.

O‘QING: iPhone X va boshqa Apple smartfonlarining narxlari (2018 yil 14 mart)

iPhone SE 2 orqa panelining yuqori chap burchagida yakka modulli asosiy kameraga ko‘zimiz tushadi. U asosiy korpus sathidan biroz bo‘rtib chiqqan, xuddi 2017 yilda taqdim etilgan iPhone 8 modelidagi singari.

Apple ikkinchi avlod ixcham ayfonining karkasini metalldan yasagan. Unga kamida iPhone 7 Plus modelidagi kabi 4 yadroli A10 Fusion protsessori o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda.

Aytish kerakki, yuqoridagi suratlar – dizaynerning taxminlar asosida yaratgan ijod mahsuli, haqiqiy ayfon bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Yaqinda internetda tarqatilgan videodagi smartfon ham iPhone SE 2, deya taxmin qilingan, ammo u butkul boshqacha ko‘rinishga ega.

O‘QING: iPhone SE 2 «jonli» videoda ko‘rsatildi: feykmi yoki haqiqiy?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!