31 martdan Ucell’ning «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasi doimiy bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  3152
  •  31.03.2018 17:24

31 martdan Ucell’ning «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasi doimiy bo‘ldi

Uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etmoqdalar. Jumladan, Ucell ham yangi tarif va aksiyalar taqdim etib kelayotir.

O‘QING: Ucell’ning «Musiqiy bahor» aksiyasi: Zvooq ilovasida sifatli musiqalardan bepul bahra oling! (+video)

Operator rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, «Ijobiy» tarif rejasidagi abonentlar uchun taqdim etilgan «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasining shartlari 31 mart sanasidan doimiy asosda yo‘lga qo‘yilgan.

Shartlarga ko‘ra, «Ijobiy» tarif rejasidagi abonent har gal o‘z hisobini bir marotabalik:

  • 7 999 so‘mdan 12 166,90 so‘mgacha miqdorga to‘ldirishda tarmoq ichida 100 daqiqa oladi;
  • 12166,91 so‘mdan ortiq miqdorga to‘ldirishda tarmoq ichida 200 daqiqa + O‘zbekiston bo‘yicha 100 SMS oladi.

Ushbu bonuslar 7 kunlik muddat bilan taqdim etiladi.

«Ijobiy» tarif rejasi hamda «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasi haqidagi batafsil ma’lumotlarni Ucell rasmiy saytidan olish mumkin.

O‘QING: Ucell’dan xushxabarlar: har kuni TAS-IX uchun 50 MB, Telegram uchun 33 MB!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!