5 daqiqada quvvatga to‘luvchi smartfon chiqishiga oz qoldi

  •   DiMaX
  •  1542
  •  18.05.2017 12:05

5 daqiqada quvvatga to‘luvchi smartfon chiqishiga oz qoldi

Isroilning StoreDot startapi maxsus texnologiya orqali akkumulyatori 5 daqiqada quvvatga to‘luvchi smartfon maketlarini tayyorladi. Loyiha asoschisi Kris Baranyuk so‘zlariga ko‘ra, bunday qurilmalarning ommaviy ishlab chiqarilishi 2018 yilning birinchi choragiga mo‘ljallanyapti.

Mazkur texnologiya ilk bor 2015 yili namoyish etilgan edi. O‘shanda uning yaratuvchilari, bunday batareyani istalgan mobil qurilmada qo‘llasa bo‘ladi, deyishgan.

FastBattery deb nomlanuvchi bu akkumulyatorda organik nanoqismlar qo‘llanadi; ular katod va anod (musbat va manfiy qutblar) orasida ionlarning yanada tezroq harakatlanishiga imkon beradi. Akkumulyator ayni mana shu elektrik jarayon hisobiga quvvat oladi. Biroq mazkur nanoqismlarning aynan nimalardan iborat ekanini kompaniya sir tutmoqda.

Shuningdek, StoreDot elektromobilni 5 daqiqada quvvatlovchi texnologiyani ham yo‘lga qo‘ymoqchi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, raqobatchilar to‘ldirilgan batareyaning quvvatini ko‘proq vaqtga yetkazish muammosi ustida ishlayotgan bir paytda, StoreDot tezkor quvvatlashga e’tibor qaratgan. Bunday akkumulyatorga ega elektromobillar yaqin uch yil ichida bozorda paydo bo‘lishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.