7S Enjoy: Huawei'ning Xiaomi Redmi 5'ga javobi!

7S Enjoy: Huawei'ning Xiaomi Redmi 5'ga javobi!

Huawei ham tinib-tinchimas smartfon ishlab chiqaruvchilaridan biri. Bu yil raqobatni qo‘ldan boy bermaslik uchun kompaniya jon-jahdi bilan kurashdi. Ayniqsa, hamyonbop smartfon ishlab chiqaruvchi "hamyurtlari"dan ortda qolmaslik uchun, brend romsiz displeyli mobil qurilmalarni ham ishlab chiqarmoqda. Yangi yilga yaqin taqdim qilinishi kutilayotgan Huawei 7S Enjoy uning Xiaomi Redmi 5'ga javobi bo‘ladi. Smartfon shu kunlarda TENAA idorasining ro‘yxatidan o‘tgan. Demak, jihatlari ma’lum.

O‘qingXiaomi Redmi 5 Plus'ni qadoqdan olib, ilk marotaba tomosha qilamiz!

Shunday qilib, bizga trendbop, ya’ni tomonlari nisbati 18:9 standartida bo‘lgan gadjet taqdim qilinadi. Ekran diagonali 5,65 dyuymli displeyning piksellar sig‘imi 2160x1080 belgiga teng bo‘ladi.

Huawei 7S Enjoy'ning apparat ta’minoti uchun 8 yadroli, chastota tezligi 2,36 GGs bo‘lgan Kirin 659 mas’ul bo‘ladi. Devaysda 4 Gb operativ xotira, 64 Gb doimiy xotira bo‘ladi. Xotirani microSD yordamida 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Huawei 7S Enjoy gadjetiga xos yana bir qiziqarli jihatlar sirasiga smartfonlar uchun odatiy holga aylangan qo‘sh sensorli bosh kamerani aytish mumkin. Ulardan biri 13 Mp, boshqasi 2 Mp bo‘ladi. Selfi olishga esa 8 Mp sig‘imli kamera yordam beradi. Smartfon akkumulyatori 2900 mA soat sig‘imli.

Huawei 7S Enjoy smartfoni Android Oreo'ning EMUI 8.0 talqini boshqaruvida ishlaydi. Narx esa, ancha kamtar -- $240!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!