Acer Aspire S 13 – Dolby Audio funksiyasiga ega noutbuk

Acer Aspire S 13 – Dolby Audio funksiyasiga ega noutbuk

Tayvanning Acer kompaniyasi Rossiyada Aspire S 13 modelidagi noutbuk sotuvlarini boshladi. Yangi noutbuk yupqa korpus va qulay ergonomikaga ega. Qurilma Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi. O‘z segmentidagi boshqa noutbuklardan Acer Aspire S 13 qamrovli tovushni ta’minlaydigan Acer TrueHarmony va Dolby Audio formatlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, model sozlanadigan profil va intellektual funksiyalar tatbiq etilgan interfeysga ega bo‘lgan.

Qurilmaga 13-dyuymli Full HD aniqligidagi IPS displey o‘rnatilgan. BluelightShield  texnologiyasi esa ekrandagi zararli zangori nurlar ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.

5P3Rt9g4K6Ucbz20LxCUt0CUQMElv6u

Acer Aspire S 13 oltinchi avlod Intel Core i7/i5/i3U protsessorlarida ishlaydi, unga 8 GBgacha tezkor xotira o‘rnatilishi mumkin. Qurilmadagi doimiy xotira sig‘imi esa 512 GBni tashkil qiladi. 54 Vt/st sig‘imli akkumulyator 13 soatli avtonom ishlashni ta’minlaydi.

5P3Rtfw4K6Ucbz20LxCUt0CUQMElv6u

Tashqi qurilmalarni noutbukka ulash uchun maksimum tezligi 5 Gbit/s bo‘lgan USB Type-C porti va mobil gadjetlarni zaryadlashga xizmat qiladigan USB 3.0 sloti ko‘zda tutilgan.

Acer Aspire S 13 noutbuki Rossiyada 69 990 rubl (taxminan $1124) narxida sotilmoqda. Tez kunlarda O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelishi kutilmoqda.