Afsonaviy Mario o‘yinining iOS ilovasi 15 dekabrda chiqariladi

Afsonaviy Mario o‘yinining iOS ilovasi 15 dekabrda chiqariladi

Joriy yilning sentyabr oyida San-Fransisko (AQSh, Kaliforniya) shahrida o‘tkazilgan Apple taqdimotida tilga olingan Super Mario Run o‘yini tez orada iOS platformasida paydo bo‘ladi, deya xabar bermoqda 3D News nashri.  Nintendo kompaniyasining ma’lum qilishicha, o‘yin ilovasi 15 dekabrda chiqariladi.

Super Mario Run o‘yinining boshqaruv tizimi juda ham sodda: mo‘ylovli quvur tuzatuvchi Mario avtomatik tarzda harakatlanadi, unga turli to‘siqlarni aylanib o‘tishga yordam berish uchun foydalanuvchi ekranga bosib tursa kifoya. Qolgan jihatlari bilan o‘yin sakkiz bitli klassik Mariodan katta farq qilmaydi. Albatta, o‘yin platformasi hozirgi texnologiya talablariga mos tarzda qayta ishlangan.

Jami uch xildagi o‘yin rejimlari taklif etiladi. Har bir rejimdan bepul foydalanib ko‘rish mumkin. To‘liq o‘yin rejimi uchun esa 10 dollar to‘lov olinadi. Super Mario Run o‘yinini 151 ta mamlakatda yuklab olish mumkin bo‘ladi, menyusida to‘qqizta til mavjud.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!