AliExpress: eng qiziq va arzon topilmalar

  •   DiMaX
  •  4160
  •  23.02.2017 12:36

AliExpress: eng qiziq va arzon topilmalar

AliExpress internet-bozoridan topilmaydigan narsaning o‘zi kam. Ular orasidan shu haftaning eng qiziq va arzon topilmalari ro‘yxatini narxlari va xarid qilish uchun havolasi bilan birga taqdim etamiz:

Kabel-ruletka

O‘rama USB-kabel. Kam joy egallaydi, ko‘p foyda keltiradi.

Narxi: $4.50. Sotib olasizmi?

Osma stolcha

Mashina ichida qulaygina joylashib olib tamaddi qilishni istovchilar uchun.

Narxi: $7.78. Sotib olasizmi?

Bug‘li tozalovchi

Unga sirka (uksus)li suv quyasiz va mikroto‘lqinli pech ichiga bir necha daqiqaga qo‘yib qo‘yasiz. So‘ng pech ichini artib olasiz – top-toza bo‘ladi-qo‘yadi!

Narxi: $3.22. Sotib olasizmi?

Quvvatlovchi ryukzak

Suv o‘tkazmaydigan bu ryukzakka gadjetlarni quvvatlantirish moslamasi ham o‘rnatilgan.

Narxi: $35.67. Sotib olasizmi?

Lightning kabeli

Xuddi “qadimgi” dazmollardagi kabi, usti to‘qilgan mato qoplamali kabel.

Narxi: $6.09. Sotib olasizmi?

Klaviatura

Sensor panelli ixchamgina klaviatura. Kirillcha harflariyam bor.

Narxi: $29.99. Sotib olasizmi?

iG‘ilof

iPhone dizaynini buzmaydigan, minimalistik uslubdagi g‘ilof-gardish.

Narxi: $13.25. Sotib olasizmi?

Smartfon uchun ushlagich

Diagonali 3,5 dan to 6 dyuymgacha bo‘lgan smartfonlar uchun avtomobilga o‘rnatiladigan universal ushlagich. Mustahkam qotiriladi, aylanish mexanizmiga ega.

Narxi: $3.99. Sotib olasizmi?

Ko‘zguchali selfi tayoqchasi

Agarda smartfoningizning old kamerasidan olinadigan suratlar sifati sizni qoniqtirmasa, mana shu uskuna aynan siz uchun!

Narxi: $4.69. Sotib olasizmi?

Universal quloqchin

Ekrani, FM-radiosi va xotira kartasi (fleshka) joyi bor. Ovozni Bluetooth yoki sim orqali uzatish imkoni mavjud.

Narxi: $19.89. Sotib olasizmi?

Qo‘lsoat

Uchta siferblatli salmoqdor qo‘lsoat. Uchalasi ham ishlaydi.

Narxi: $14.07. Sotib olasizmi?

USB-xab

Charm qoplamali va kartriderli o‘ziga xos USB-xab.

Narxi: $14.27. Sotib olasizmi?

Ixcham quloqchin

Kuchli basga ega, ammo arzon quloqchin. G‘ilofiyam o‘ziga xos!

Narxi: $4.24. Sotib olasizmi?

Agarda AliExpress internet-bozoridagi yuqorida keltirilgan yoki boshqa tovarlar sizga yoqqan bo‘lsa, eslatib o‘tamiz: ularni VISA plastik kartalari orqali xarid qilish imkoni bor. VISA plastik kartasi ochish va undan foydalanish bo‘yicha maslahatlarni esa +99897-999-62-65 raqami orqali bizning menejerimizdan olishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!