Alisher Usmonov Xiaomi va boshqa Osiyo IT-kompaniyalariga sarmoya kiritadigan fond tashkil etdi

Alisher Usmonov Xiaomi va boshqa Osiyo IT-kompaniyalariga sarmoya kiritadigan fond tashkil etdi

USM Holdings aksionerlari (Alisher Usmonov,) texnologik kompaniyalar uchun sarmoyalar kiritishga mo‘ljallangan 1 mlrd dollarlik investitsiya fondini tashkil etdi. Bu haqda RBK USM vakiliga tayangan holda xabar qildi.

Jamg‘arma aslida 2014 yilda tashkil etilgan edi. Fond ta’sischilarining ulushi ularning USM`dagi ishtirokiga mos ravishda taqsimlangan. Xoldingning 48 foizi Alisher Usmonovga tegishli bo‘lsa, Vladimir Skoch — 30 foiz, Farxad Moshiri — 10 foiz, Ivan Tavrin va Ivan Streshinskiy — 3 foizdan. USM Holdings`ning qolgan aksiyalari menejment va tarmoq kompaniyalariga tegishli.

USM fond portfeliga yettita IT-kompaniya kirgan. Ular orasida Uber, uning Xitoy va Hindistondagi raqobatchilari — Didi Kuaidi va Ola Cabs avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya, Xiaomi smartfonlari ishlab chiqaruvchisi, Hindistondagi yirik Flipkart onlayn-riteleri mavjud. Qolgan ikki loyiha va kompaniyalar bilan tuzilgan shartnoma tafsilotlari sir tutilmoqda.

USM vakilining so‘zlariga ko‘ra, fond Osiyo kompaniyalariga sarmoya kiritadi.