Android o‘rniga keluvchi Fuchsia OS: Pixelbook’dan olingan suratlar

  •   DiMaX
  •  1608
  •  19.01.2018 12:07

Android o‘rniga keluvchi Fuchsia OS: Pixelbook’dan olingan suratlar

Google kompaniyasi Fuchsia nomli universal operatsion tizim tayyorlayotgani haqidagi gap-so‘zlar o‘tgan yili tarqalgan va joriy yil boshida rasmiy tasdig‘ini topgan edi. Universalligi bois, uni nafaqat smartfon, planshet va noutbuklar, balki hatto televizorlarga ham o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Yana qisqa muddatlar ichida uni hatto smart-soatlarga ham o‘rnatish nazarda tutilgan.

O‘QING: Google yangi – universal operatsion tizimni taqdim etdi

Ars Technica sayti mazkur tizimni Pixelbook noutbukiga o‘rnatib, ishlatib ko‘rdi va Fuchsia interfeysidan olingan fotosuratlarni taqdim etdi. Aytish kerakki, ushbu operatsion tizim begona kodlardan foydalanmagan holda Google dasturchilari tomonidan yozilgan. U smartfon va kompyuterlarga Android hamda Chrome OS tizimlari o‘rniga kelishi kutilmoqda.

Ayni damda Fuchsia interfeysi xuddi Android grafik qobiqlaridan biri kabi ko‘rinishga ega. Blokirovka sahifasida vaqt, Wi-Fi’ga ulanish belgichasi hamda akkauntlarning biridan ikkinchisiga o‘tish tugmachasi ko‘rinadi.

Uy ekranida esa qidiruv qatori hamda oldda turgan hodisalar haqida bildirishnomaga ko‘zimiz tushadi.

Fuchsia logotipiga bosilganida, tezkor sozlamalar opsiyalari ochiladi. Ishga tushirilgan ilovalarni ekranni qismlarga bo‘lish rejimida joylashtirish mumkin.

Fuchsia hozirda rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lib, uni faqat buyruqlar qatoridan foydalanibgina ishlatish mumkin. Mazkur operatsion tizimning barcha foydalanuvchilar uchun ommaviy taqdim etilish vaqti ma’lum emas.

O‘QING: Android o‘rniga Fuchsia OS’ni kutib oling! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!