Android-qurilmada telefon suhbatini qanday yozib olsa bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  10998
  •  16.05.2018 17:54

Android-qurilmada telefon suhbatini qanday yozib olsa bo‘ladi?

Telefondagi suhbatni yozib olish uchun sizda ko‘plab sabablar topiladi. Ehtimol, shunchaki kerakdir yoki intervyu olmoqchidirsiz, yoki ilk bor birorta mashhur shaxs bilan suhbatlashayotgandirsiz va bu suhbatni tarixga muhrlamoqchidirsiz. Qanday sabab bo‘lmasin, Android-smartfoningizda telefon suhbatini yozib olishni bilib qo‘ysangiz zarar qilmaydi.

O‘QING: Android uchun diktofon tanlaymiz

Ogohlantirish: Yozib olishdan oldin yodda tuting, ba’zi mamlakatlarda suhbatdoshingizning roziligisiz, uning gaplarini yozib olish noqonuniy hisoblanishi mumkin. Shu bois, siz turgan hududda bu ish qonun bilan cheklanmaganligiga ishonch hosil qiling.

O‘QING: AliExpress’dan diktofon buyurtma qilgan ayol qamoqqa olindi

Android’da telefon suhbatini yozib olishning eng oson yo‘li ilova o‘rnatishdir.  Bunday ilovalar Google Play Markete’da juda ko‘p, lekin biz  Smart Voice Recorder’ni tanlaymiz. Undan foydalanish ham juda oson, ham bepul.

Ishga kirishishdan avval Smart Voice Recorder ilovasi telefoningizda o‘rnatilganiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, qo‘ng‘iroqqa javob berganingizdan keyin ekrandagi tegishli tugmani bosib yuqori aloqani qo‘shishingiz kerak bo‘ladi. So‘ngra qo‘ng‘iroqni tugatmasdan  “Domoy” tugmasini bosasiz. Smart Voice Recorder ilovasini oching, keyin esa, yozishni boshlash uchun  katta qizil tugmani bosing. Qo‘ng‘iroq qiluvchining ovozi aniq-tiniq eshitilayotganiga ishonch hosil qiling, ovoz dinamikasi haddan ortiq past bo‘lsa ovozini ko‘taring.

Suhbat tamom bo‘lgach, yozishni to‘xtatish uchun to‘rt burchak tugmani bosing. Siz unga  shu zahotiyoq nom qo‘yishingiz mumkin. Yaratilgan mediafayl “Zapisi” ilovasi bo‘limida paydo bo‘ladi. Mazkur usul boshda aytganimizdek, juda oddiy, ustiga ustak har tomonlama qulay.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.