Android uchun Telegram 4.6 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  3082
  •  09.12.2017 11:44

Android uchun Telegram 4.6 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Mazkur ommabop messenjerning Android operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan ilovasi bugun 4.6 versiyasiga qadar yangilandi. Bu xususda messenjerdagi Telegram News kanali xabar bergan.

O‘QING: Xushxabar: Telegram’da qidirish osonlashdi

Ushbu yangilanish bilan «yashil robotchali» qurilmalar foydalanuvchilariga quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Media-fayllarning avtomatik saqlanishi hamda kiruvchi xabarlardagi fotosuratlarni saqlab qo‘yish uchun yangi, kengaytirilgan sozlamalar mavjud.
  2. Instagram’dagi postlar hamda Twitter’dagi tvitlarda bir nechta fotosuratli bo‘lsa, ularni havola orqali dastlabki ko‘rishda albom sifatida aks ettiriladi.
  3. Messenjerdagi ommaviy kanallar hamda guruhlardagi xabarlar uchun ichki HTML-vidjet taqdim etilgan.
  4. Maxfiy chatlar endi albomlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.
  5. Ilovaning ishga tushish va umuman ishlash tezligi sezilarli darajada oshirilgan.
  6. MTProto 2.0 protokoli qo‘llab-quvvatlanadi.
  7. Boshqa yaxshilash va tuzatishlar taqdim etilgan.

O‘QING: Telegram’dagi eng zo‘r kanallar-6: fan va texnologiyalarga qiziquvchilar uchun!

Yana bir muhim yangilik: Telegram Android 4.6 talqinining chiqish kodlari taqdim qilingan. Dasturchilar ularni mana bu manzildan olib foydalanishlari mumkin.

Android-qurilmalar egalari mazkur ilovani ushbu havola orqali yuklab yoki yangilab olishlari mumkin.

 Xo‘sh, sevimli messenjerning yangi  imkoniyatlaridan foydalanamizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.