Antutu: Avgust holatida Xitoyning ilg‘or platforma va arzon narxdagi 7 smartfoni

Antutu: Avgust holatida Xitoyning ilg‘or platforma va arzon narxdagi 7 smartfoni

Coolpad Cool1
2016 yilning avgust oyida taqdim qilingan bu smartfon 5.5 dyuymli Full HD displeyga, 8 yadroli (4x1.2 Ggs Cortex-A53 & 4x1.8 Ggs Cortex-A72) Qualcomm Snapdragon 652 protsessori va Adreno 510 video-kartasiga ega bo‘lgan. Devaysga 3/4 GB tezkor, 32/64 GB doimiy xotira mavjud. Bosh kamera 13 megapikselli 2 ta sensordan iborat. Old kamera sig‘imi 8 MP. Sig‘imi 4060 mA soat bo‘lgan akkumulyator yarim soatda 50% ga to‘ladi.
Coolpad Cool1 (3/32 GB talqini) O‘zbekistonda 160 AQSh dollariga narxlangan.


Lenovo ZUK Z2 PRO

Lenovo Z2 Pro bejirim jilodor korpus bilan ta’minlangan. 5.2 dyuymli, HD (1080p) sig‘imli ekran AMOLED matritsali. Unga 2016 yilning ilg‘or Snapdragon 820 chipi, 6 GB operativ xotira, 128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. ZUK Z2 PRO'ning 13 megapikselli bosh kamerasi optik barqarorlashtirish, fazali avtofokus, 2 tusli LED fotochaqnoq bilan ta’minlangan. Uning akkumulyator sig‘imi 3500 mA⋅soat.

O‘zbekistonda ZUK Z2 PRO 240 AQSh dollariga narxlangan.

Xiaomi Mi 6
Xiaomi Mi 6 zanglamaydigan po‘lat korpusga ega. Korpusning old va orqa panellari qayrilma himoya shishasi bilan qoplangan. 5.15 dyuymli ekran sig‘imi – Full HD. Unda yangi va kuchli Qualcomm Snapdragon 835 platformasidan foydalanilgan. Flagmanda X16 LTE mobil aloqa modemi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida sekundiga 1 Gbit.gacha ma’lumotni yuklash mumkin. Xiaomi Mi 6 gadjetidagi Adreno 540 yordamchi grafik-tasvir protsessorining ishlash samaradorligi 25% yuqori. Tezkor xotira 6, doimiy esa 64 yoki 128 GB.
"Malika"da Xiaomi Mi 6 flagmani 3 630 000 so‘mdan sotilmoqda.

Xiaomi Redmi Note 4
2015 yilning noyabr oyida Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 3’ni, 2016 yilning avgustida esa Redmi Note 4’ni taqdim qildi. Smartfon 5.5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 belgi) ekranli. Note 4 gadjeti 10 yadroli MediaTek Helio X20 chipsetida ishlaydi. Uning chastotka tezligi — 2,1 GGs. Redmi Note 4 ajraladigan 4100 mA soatli akkumulyator bilan ta’minlangan. 2 amperli zaryadnik 2 soat 20 daqiqa ichida “quvvat toshi”ni to‘liq quvvat bilan to‘ldiradi. Note 4’ning bosh kamerasi 13 Mp.
"Malika"da 1,476,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Xiaomi Mi5s
Mi5s 5,15 dyuymli Full HD ekranga ega. Xiaomi Mi5S Android 6.0’ning o‘zlashtirilgan MIUI 8.0 tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Unga Qualcomm Snapdragon 821 — 2016 yilning eng kuchli protsessori o‘rnatilgan. Xiaomi Mi5S’da 4 gigabaytli operativ xotira, bazaviy talqinida 32 Gbayt doimiy xotira o‘rnatilgan. Telefondagi akkumulyator sig‘imi 3200 mA soat. Smartfon 30 minut ichida quvvatini 41%ga, bir soatda — 83%ga, 100 minutda esa to‘liq quvvatlab oladi. Xiaomi Mi5S’ning bosh kamera moduli 12 MP sig‘imli. Old kamera moduli esa 4 MP.
"Malika"da 2 365 000 so‘mdan sotilmoqda.

Nubia Z17
Nubia Z17 2017 yilning 1 iyun kuni rasman taqdim qilindi. Nubia Z17 bu — flagman. 5,5 dyuymli Full HD (1920x1080 piksel) sig‘imli va Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan ekran, ayniqsa kuchli 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori hamda ilg‘or Adreno 540 videokartasi bilan u peshqadam va bayroqdor smartfonga aylanadi. Devaysga kompaniya 6 yoki 8 GB talqindagi tezkor xotira va 64 yoki 128 gigabayt sig‘imiga ega doimiy xotira o‘rnatgan. Uning bosh kamerasi uchun biri 23, boshqasi 12 Mp bo‘lgan 2 ta 6 linzali kamera o‘rnatilgan. Elektr toki sig‘imi 3200 mA soat bo‘lgan akkumulyator 25 minutda quvvatini 50% ga to‘ldirib oladi.
"Malika"da 6 + 64 GB talqiniga $450 dollarga buyurtma berish mumkin.

 

Xiaomi Redmi Note 4X
Bu devays 5,5″ dyuymli FullHD ekranga, Qualcomm Snapdragon 625 (8 yadro, 2 GGs) chipi, Adreno 506 video-kartasi, 13 Mp (avtofokus, fotochaqnoq) bosh va 5 Mp old kameraga, 3/4 Gbayt tezkor va 32/64 Gbayt doimiy xotiraga, sig‘imi 4100 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga ega bo‘lgan.
"Malika"da 1 230 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!