Apple 2017 yil bahorida 3 ta yangi iPad Pro modellarini namoyish qiladi

Apple 2017 yil bahorida 3 ta yangi iPad Pro modellarini namoyish qiladi

Mac Otakara nomli yapon profil blogining ma’lumot berishicha, Apple kompaniyasi 2017 yil bahorida 3 ta yangi iPad Pro modellarini taqdim etadi.

Mazkur seriyaga nafaqat katta va o‘rta diagonaldagi modellar, balki 7,9 dyuym ekranga ega bo‘lgan mini-model kiritilishi ham taxmin qilinmoqda. O‘rta diagonaldagi modelning ekrani 9,7 dyuymdan 10,1 dyuymgacha kattalashtiriladi.

 

Katta diagonaldagi 12,9 dyuymli iPad Pro modeliga esa True Tone chaqnoqli 12 MPli asosiy kamera, shuningdek, joriy 9,7 dyumli iPad Pro’dagi singari True Tone displeyi  o‘rnatiladi.

7,9 dyuymli iPad Pro joriy iPad mini 4 modelining yangilangan modifikatsiyasi bo‘lishi kutilmoqda. U smart-konnektor, True Tone displeyi va 12 Mpli kamera bilan jihozlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!