Apple 27 oktyabrda yangi Mac’larni namoyish qilishi mumkin

Apple 27 oktyabrda yangi Mac’larni namoyish qilishi mumkin

Recode nashrining ma’lumot berishicha, AQShning  Apple kompaniyasi keyingi hafta o‘zining Mac seriyasidagi qurilmalarini taqdim qiladi.

“Olma” o‘tgan oy mazkur seriya uchun  Siri ovozli assistenti va Apple Pay texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan MacOS Sierra dasturining ilk versiyasini e’lon qilgan edi. Biroq kompaniya, shu bilan birgalikda, ushbu tizimda ishlaydigan bir nechta yangi gadjetlarni namoyish qilishni ham rejalashtirgan.

Ma’lumki, Apple firmasi Mac turkumidagi qurilmalarga katta ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni anchadan beri qo‘llamagan. Chamasi, endilikda “olma” ushbu kamchilikni to‘ldirishni maqsad qilgan ko‘rinadi.

Sierra dasturi Mac qurilmalariga nafaqat Siri ovozli assistentini joriy etadi, balki iOS va MacOS opervsion tizimlari o‘rtasida bir nechta funksiyalarni integratsiyalashga ham xizmat qiladi.

Yangi Mac qurilmalarining namoyishi San-Fransisko shahrida (AQSh, Kaliforniya) iPhone 7 taqdimoti o‘tkazilgan binoda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!