Apple A10X chipi AnTuTu’da rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  1333
  •  09.06.2017 17:20

Apple A10X chipi AnTuTu’da rekord o‘rnatdi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan WWDC 2017 ko‘rgazmasida Apple kompaniyasi iPad Pro planshetining kichraytirilgan – 10,5 dyuymlik versiyasini taqdim etdi. Mazkur gadjetga ham, xuddi 12 dyuymlik versiyasidagi kabi, yangi – 6 yadroli Apple A10X mobil protsessor o‘rnatilgan. Endi esa bu chip AnTuTu benchmarkida testdan o‘tdi va yangi rekord o‘rnatdi.

Apple A10X’ning yangi – yakka kristalli tizimi ommabop benchmarkda rekord darajada – 234082 ball to‘pladi. Shu paytgacha birorta planshet yoki smartfon modeli bu qadar ochko to‘play olmagan edi. Taqqoslash uchun aytib o‘tsak, AnTuTu reytingining oldingi yetakchisi – iPhone 7 Plus smartfoni mazkur testda 183 ming ball yig‘a olgan.

Natijalardan ko‘rinib turibdiki, Apple protsessor samaradorligi ustida o‘ta jiddiy ish olib borgan. Bu esa qolgan kompaniyalar uchun yetib olish qiyin bo‘lgan yana bir marradir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.