Apple Airpods naushniklari ta’mirga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Apple Airpods naushniklari ta’mirga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Yangi gadjetlarning tanasini “yorib ko‘rib”, ularning qay darajada ta’mirga yaroqli ekanini tekshiradigan taniqli iFixit resursi mutaxassislari yaqinda sotuvga chiqarilgan Apple Airpods naushniklarini sinab ko‘rishdi.

Ferra nashrining yozishicha, mutaxassislar nafaqat naushniklarning o‘zini, balki ularning g‘ilofini ham bo‘laklarga ajratib, ta’mirga bo‘lgan yaroqliligini tekshirishgan. iFixit xulosasiga ko‘ra, Apple Airpods naushniklari ta’mirga yaroqli emas deb topilgan. Bunga sabab tashqi qobiqqa zarar yetkazmasdan ichki komponentlarga kirib bo‘lmasligidir. Aytmoqchi, bu gap naushnik g‘ilofiga ham tegishli.

Resurs mutaxassislarining qayd etishicha, naushnik g‘ilofida bir qator sifat bilan bog‘liq muammolar mavjud va aynan u sabab Apple Airpods sotuvlari bir necha oyga kechiktirilgan bo‘lishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!