Apple choraklarni emas, keyingi ming yillikni nishonga olmoqda

Apple choraklarni emas, keyingi ming yillikni nishonga olmoqda

Avvalgi oyda Apple rahbari Tim Kuk intervyularidan birida kompaniya keyingi ming yillikni ko‘zlagan holda loyihalarni amalga oshirayotganini ta’kidlagan edi.

“Biz bu raqobatda faqatgina keyingi yilning navbatdagi choragini ko‘zlab ish qilayotganimiz yo‘q. Biz bu yerda keyingi ming yillik uchun ter to‘kyapmiz va qo‘limizdan kelgan eng muhim emas, eng yaxshi ishni qilmoqchimiz”, deydi u.

Dushanba kuni San-Fransiskoda o‘tgan kompaniyaning dasturchilar anjumanida ham qator yangi dastur va innovatsion loyihalar taqdim qilindi. Ularga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular turmush tarzida iPhone’ning keyingi talqinidan ham ahamiyatliroq jihatga ega.

Wall Street 2016 yilda iPhone savdosining tushib ketishidan xavotirda bo‘lgan bir paytda, Apple o‘zi uchun keyingi 10 yillikda texnologiyalar sanoatida yetakchilik qilishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan mustahkam zamin hozirlamoqda.

Tim Kuk sahnada asosiy e’tiborini ulg‘ayib kelayotgan yosh dasturchilarga qaratdi. Bolalarga texnologiyani qiziqarli yo‘l bilan o‘rgatuvchi Swift Playgrounds ilovasini ham uning o‘zi e’lon qildi. Ilova bolalarga dasturlashni interaktiv usullarda o‘rgatadi. O‘rganish asnosida ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab bolalar qimmatbaho toshlar bilan rag‘batlantirib boriladi.

To‘g‘ri, bolalar Apple’ning asosiy xaridorlari emas. Boisi 10 yoshga kirgan hamma bola ham 650 dollarga iPhone sotib olishga qodir emas. Ammo, ular kun kelib ulg‘ayishadi va kompaniya uchun xizmat qilish ehtimoli yuqori.

Anjumanda Apple’ning 4 yo‘nalishdagi qurilmalar, ya’ni taqiladigan gadjetlar, smartfonlar, kompyuterlar va televizor kabi yirik ekranli qurilmalarning ham biri uchun alohida platformani e’lon qilgani muhim voqea bo‘ldi.

Bulardan tashqari Siri virtual ovozli yordamchisi, chat xizmati, HomeKit smartfon ogohlantirishlari platformasi, Apple qurilmalaridan bir tugmani bosish orqali veb-resurslariga ko‘z tashlash va boshqa innovatsiyalar katta yangilik bo‘ldi.

Bu yangi platformalarni birlashtirib turuvchi yagona jihat – ular tashqi dastur yaratuvchilarini jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, dasturchilarni Apple atrofida birlashtirib, yangi ilovalar yaratishga ilholantiradi.

Yana bir muhim innovatsion yangilik Apple Watch’ga imo-ishoralarni tushunishga yordam beradigan texnologiyaning e’lon qilingani bo‘ldi. Keyinchalik (2018 yildan) siz qo‘lingizni harakatlantirib, kompyuterni ham boshqarish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bugun Google’dan tortib Facebook’gacha texnologiya olamining keyingi yangiligi bo‘lishi kutilayotgan “sun’iy aql”ni yaratish yo‘lida izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada Apple’ning orqada qolgani aytilsa ham, anjumanda kompaniya raqobatchilari bilan tengma-teng ekanini ko‘rsatdi.

3016 yilmi yoki 2026 yilmi kun kelib odamlar ortga qaraganlarida Apple’ning uzoq muddatli texnologiya istiqbolini ko‘zlab ekkan urug‘larini ko‘rishadi. Kimning qaysi yo‘nalishda yetakchi bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!