Apple gadjetlarida “Tungi rejim” qanday ishga tushiriladi?

Apple gadjetlarida “Tungi rejim” qanday ishga tushiriladi?

2016 yilning 18 iyul kuni Apple taqdim etgan  iOS’ning yangi – 9.3 talqini foydalanuvchilarga 60 ga yaqin yangi funksiya va rejimlarni taqdim etdi. Keng ko‘lamli o‘zgarishlarga boy yangi tizimni bugungi kunga qadar 90 foizga yaqin “Olma” qurilmalari yuklab olgan.

Jumladan, Night Shift (tungi smena) rejimi shu imkoniyatlar jumlasiga kiradi. Uning yordamida iPhone yoki iPad mobil aloqa qurilmalari avtomatik va belgilangan jadvalga ko‘ra qurilmalar orqali tungi sharoitda qulay o‘qish sharotini yaratadi.

Bu rejimda displey sariq tusga kirib, ko‘zni yorqin nurdan himoya qiladi. Ya’ni, qurilma ekranining rangli harorati sutka vaqtidan kelib chiqib, o‘zgarib turadi.

Night Shift rejimi ekrandagi ko‘z uchun zararli bo‘lgan ko‘k rang me’yorini kamaytirib, ko‘zni toliqishdan himoya qiladi.

Agar sizdagi Apple qurilmasi iOS 9.3 operatsion tizimin yuklab olgan bo‘lsa, “Sozlamalar” bo‘limiga kiring hamda “Erkan va yorug‘lik” bo‘limidagi “Rangli haroratni o‘zgartirish jadvali”ni tanlang.

Baxtga qarshi, Tungi rejim (Night Shift)ni “Olma” korporatsiyasining hamma qurilmalari ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Jumladan, iPhone 5, iPhone 4s va eski iPad’lar ham.

Tungi rejimni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar ro‘yxati:

iPod touch 6G

iPhone 5s

iPhone 6

iPhone 6s

iPhone SE

iPhone 6 Plus

iPhone 6s Plus

iPad Air

iPad Air 2

iPad mini 2

iPad mini 3

iPad mini 4

9,7-dyuymli iPad Pro

12,9-dyuymli iPad Pro

Night Shift rejimi avvaliga quvvatni tejash rejimi bilan chiqisha olmaydi, degan fikr paydo bo‘ldi. Chunki boshida Night Shift rejimi faol mahalda quvvatni tejash rejimini ishga tushirsangiz, Night Shift rejimi o‘chib qolardi. Quvvat tejash rejimi iOS-qurilmasidagi akkumulyatorning uzog‘roq ishlashiga xizmat qiladi. Quvvat tejash rejimida iPhone, iPad yoki iPod Touch’dagi ba’zi funksiyalar o‘chiriladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Night Shift rejimi quvvatni ayamasdan yeydigan rejim. Foydalanuvchilar “Apple ikkala rejimni ham bir vaqtning o‘zida foydalanish imkonini yaratganida yaxshi bo‘lar edi”, deb o‘ylab turishganida bu imkoniyat ham yaratildi.

Buning uchun quyidagi tavsiyaga quloq tuting:

1-qadam: “Sozlamalar” –> Akkumulyator va “Quvvatni tejash rejimi”ni yoqing.

2-qadam: “Sozlamalar”ga kirib –> Asosiy –> Siri’ni tanlang.

3-qadam: “Til” bo‘limidan “Ingliz tili” (Amerika qo‘shma shtatlari)ni tanlang va buni tasdiqlang.

4-qadam: Siri ovozli yordamchisini ishga tushiring va «Enable Night Shift» (eneybl nayt shift) buyrug‘ini bering.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!