Apple Google'dan 3 mlrd dollar talab qilmoqda

Apple Google'dan 3 mlrd dollar talab qilmoqda

Google har yili iOS tizimida o‘rnatilgan bosh qidiruv tizimi bo‘lish huquqini saqlab qolish uchun kupertinolik smartfon ishlab chiqaruvchisiga juda katta miqdorda pul to‘laydi.

Misol uchun 2017 yilda Google buning uchun Apple kompaniyasiga 3 milliard dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Shu yilgacha bu mablag‘ miqdori 1 milliard dollarni tashkil qilgan.

Kecha, 26 oktyabrda Google investorlarni hamkorining to‘lov summasini oshirish haqidagi qaroridan boxabar qildi. Google uning qidiruv tizimidan raqobatchilari o‘z mahsulotlarida foydalanishlari uchun ko‘proq pul to‘lashga tayyor.

Google boshqa kompaniyalarga qidiruv tizimidan foydalanganliklari uchun qancha ko‘p to‘lasa, uning mobil qidiruvdan foydasi shuncha oshadi. Shu bois, kompaniya smartfonsozlarga buning uchun pul to‘lab beradi. Google hozircha qaysi smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan ishlashi noma’lum. Apple qurilmalari Google kompaniyasiga mobil qidiruv tizimdan oladigan daromadning yarmini olib keladi. Shuning uchun Google Apple'ning shartiga albatta ko‘nadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!