Apple iPhone 7 Google so‘rovlarida eng ommabop smartfon deb topildi

Apple iPhone 7 Google so‘rovlarida eng ommabop smartfon deb topildi

Google kompaniyasi 2016 yilga tegishli qiziq statistikalarni chop etishda davom etmoqda. Hozirgacha Android‘dagi eng ommabop ilovalar va YouTube videoxostingidagi eng mashhur o‘yin treylerlari e’lon qilingan edi. Bu gal esa kompaniya foydalanuvchilar qidirgan eng ommabop gadjetlar reytingini taqdim qildi.

Phandroid nashrining yozishicha, joriy yilning oktyabr oyida namoyish qilingan Nintendo Switch konsolini hisobga olmaganda, ushbu ro‘yxatda faqat smartfonlar o‘rin olgan.

Google tizimida foydalanuvchilar qidirgan eng ommabop gadjetlar reytingini Apple iPhone 7 boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinni esa haligacha sotuvga chiqarilmagan, ammo Ringing Bells firmasini juda yaxshi reklama qilib bergan 4 dollarli Freedom 251 smartfoni band qilgan. Qidiruv tizimida izlangan 9 ta eng ommabop smartfonlardan 5 tasi Android platformasida, qolgan 4 tasi esa iOS dasturida ishlaydi. O‘rtacha narx segmentiga mansub Samsung Galaxy J7 smartfoni kuchli o‘nlikka yakun yasagan.

Google tizimida foydalanuvchilar qidirgan eng ommabop gadjetlar ro‘yxati:

  1. iPhone 7;
  2. Freedom 251;
  3. iPhone SE;
  4. iPhone 6S;
  5. Google Pixel;
  6. Samsung Galaxy S7;
  7. iPhone 7 Plus;
  8. Samsung Galaxy Note 7;
  9. Nintendo Switch;
  10. Samsung Galaxy J7.
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!