Apple iPhone 8 smartfoniga LG firmasining 3D-kameralarini o‘rnatmoqchi

Apple iPhone 8 smartfoniga LG firmasining 3D-kameralarini o‘rnatmoqchi

AQShning Apple kompaniyasi o‘z smartfonlariga LG Innotek kompaniyasi tomonidan tayyorlangan 3D-kameralarni qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda, deb xabar bermoqda The Korea Economic Daily.

Manbaning yozishicha, Apple va LG hamkorlikda 3D fotografiya funksiyasiga ega kameralarni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. Apple kompaniyasi, shu bilan birga, 2015 yilda 3D-kamera texnologiyasi bilan shug‘ullangan Isroilning LinX startapini 20 mln dollarga xarid qilgan edi. Ushbu fakt “Olma”ning mazkur loyihaga katta qiziqish bildirganini isbotlaydi. Bunday 3D funksiyali qo‘sh kameralar, taxminlarga ko‘ra, 2017 yilning ikkinchi yarmidan boshlab Apple qurilmalarida paydo bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, 2017 yilda iPhone chiqarilganiga o‘n yil to‘lishi munosabati bilan Apple smartfonlarining dizayniga jiddiy o‘zgaritirish qilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.