Apple: “iPhone 8 smartfonlarning yangi davrini boshlab beradi!”

Apple: “iPhone 8 smartfonlarning yangi davrini boshlab beradi!”

Kupertinolik “Olma” korporatsiyasi vakillari, nihoyat ilk marotaba korporatsiyaning yangi avlod ayfoni xususida baralla ovoza qildilar. Ularga ko‘ra, iPhone 8 jahon miqyosida smartfonlarning yangi davrini boshlab beradi.

Apple kompaniyasining fikricha, yangi ayfonni qo‘liga olib, foydalanib ko‘rgan odam o‘zi foydalanib kelgan elektron gadjet xususidagi tasavvurlarini o‘zgartiradi va chinakam smartfon qanday bo‘lishi kerakligini anglaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 8’da ovoz va yuz-qiyofani taniy oladigan yana bir mustaqil protsessor bo‘ladi. Jumladan, smartfon qiyofani uch o‘lchamda skaner qiladi. Bu texnologiyani yaratish bilan LG kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Shu bilan birga, insayderlarning tasdiqlashlaricha, smartfonda ko‘zning rangdor pardasini hamda barmoq izlarini skaner qiluvchi texnologiya joriy qilinadi. Shu taxlit, iPhone 8 tizimiga kirish uchun 3 ko‘rinishdagi biometrik autentifikatsiyadan o‘tishga to‘g‘ri keladi.

O‘ziga xos jihati shundaki, iPhone 8’da sun’iy aql texnologiyasi uchun mas’ul alohida protsessor o‘rnatilishi aytilmoqda. Mobil aloqa vositasining simsiz quvat olishi, korpus chang va namdan himoyalangan bo‘lishi ma’lum bo‘lgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!