Apple iPhone savdosi pasayishining sababini aytdi

Apple iPhone savdosi pasayishining sababini aytdi

2017 yilning ilk choragidagi moliyaviy natijalarni e’lon qilgan Apple yana bir bor qatron to‘la bochkadan ham bir qoshiq asal chiqarib olish xususiyatiga egaligini isbotladi. Sababi, bu chorakda iPhone savdosi Xitoyda 14 foizga pasaygan bo‘lsa ham, umumiy miqyosda flagman smartfonning bu chorakdagi savdosi 1% ga oshgan.

2017 yilning boshiga qadar ham jahon smartfon bozorida iPhone 7 Plus eng tanqis mobil aloqa vositasi bo‘lib keldi. Ammo, 2017 yildan boshlab yangi ayfonlarning savdosida pasayish kuzatilgan. Apple bosh direktori Tim Kukning ma’lum qilishicha, bozorda 9 yillik tarixga ega “olma” smartfonini xarid qilish sur’atining tushishi brendning hali taqdim qilinmagan iPhone 8 modeli haqidagi mish-mishlar bilan bog‘liq. Ayfon ishqibozlarining aksariyati aynan shu smartfondan xarid qilishni kutib turishibdi.

Shuningdek, 451 Research marketing tadqiqotlari kompaniyasi tahlilchilarining fikricha, ayfon sotib olish istagida bo‘lganlar soni har doimgidan ham eng past darajaga tushgan. Ayni paytda ayfondan foydalanayotganlarning 80 foizigina shu brendda qolishni afzal ko‘rishmoqda.