Apple kompaniyasi iOS 10 va macOS Sierra`ning ommaviy sinovi uchun ruxsat berdi

Apple kompaniyasi iOS 10 va macOS Sierra`ning ommaviy sinovi uchun ruxsat berdi

Apple kompaniyasi iOS 10 va macOS Sierra`ning beta-versiyasini ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar o‘z qurilmalarida sinab ko‘rishlari mumkinligi haqida xabar berdi. Bu degani endi yangi operatsion tizimni rasman e’lon qilinguniga qadar yuklab olib, o‘z qurilmalarida ishlatib ko‘rishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, macOS Sierra`ni iMac`ning 2009 yildagidan yoki yangilariga, MacBook`ga 2009 yildagisiga yoki yangirog‘i, shuningdek MacBook Pro, MacBook Air, Mac Mini va Mac Pro qurilmalarining 2010 yildagisi va yangilariga o‘rnatish mumkin. iOS 10 operatsion tizimini esa iPhone 5, iPod touch qurilmasining 6-avlodi, iPad mini 2 va iPad 4`ga o‘rnatish imkoni mavjud.

Qayd etish kerakki, Apple kompaniyasining yangi iOS 10 va macOS Sierra tizimi beta versiyada va shu bois ishlashda ma’lum noqisliklar bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar esa “tishlangani olma” ishqibozlariga yangi operatsion tizimni rasmiy taqdimotdan so‘ng yuklab olishni tavsiya qilmoqda.

Manba: 4pda.ru

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.