Apple kompyuterlarini josuslikda ayblashyapti

  •   DiMaX
  •  1005
  •  13.02.2018 13:17

Apple kompyuterlarini josuslikda ayblashyapti

FastLane asoschisi Feliks Krauze o‘z blogida yozishicha, «tishlangan olmali» kompyuterlar uchun ishlangan ilovalar josuslik qilishi mumkin. Ya’ni, ular foydalanuvchining ruxsatisiz va unga bildirmasdan, fon rejimida displeydan skrinshotlar ola biladi.

O‘QING: HP noutbuklarida josus bor ekan!

Bundan tashqari, Mac’lar himoyasidagi «tirqish» ekrandagi matnni anglash imkonini beradi. Buning oqibatida esa kompyuter egasi ekranda ko‘rayotgan maxfiy va shaxsiy ma’lumotlarni, parollar, xatlar va manzillarni xakerlar ham ko‘ra oladilar.

Bularning barchasini esa Mac uchun ilovalar ishlab chiqaruvchilar qo‘llaydigan CGWindowListCreateImage jihozi yordamida amalga oshirish mumkin.

Mazkur «tuynuk» haqida allaqachon Apple’ga xabar berilgan. Muammoning yechimi hozircha topilmagan.

O‘QING: Windows 10: sizni kuzatishlariga yo‘l qo‘ymang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!