Apple’ning 30 iyundan iste’moldan chiqadigan ayfon va noutbuklari

Apple’ning 30 iyundan iste’moldan chiqadigan ayfon va noutbuklari

2017 yilning 30 iyunidan boshlab Apple 2011 yilda ishlab chiqarilgan 5 modeldagi — 11, 13, 15 va 17 dyuymli diagonalga ega MacBook Air hamda MacBook Pro, shuningdek 2009 yilda ishlab chiqarilgan 17 dyuymli MacBook Pro noutbuklariga, 2008 yildan ishlab chiqarilgan AirPort Express 802.11n 1-avlod Wi-Fi stansiyasiga hamda 2009 yilda taqdim qilingan 16 va 32 gigabaytli doimiy xotiraga ega iPhone 3GS — 3-avlod ayfonlariga texnik xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yadi.

Ya’ni, Apple bu qurilmalarga apparat ta’minoti qismlarini, aniqrog‘i butlovchi qismlarni yetkazib berishni to‘xtatadi. Endi bu qurilma egalari kompaniyaning Apple Store, boshqa rasmiy yoki hamkor xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalariga murojaat qilsalar, ularga hattoki pullik asosda ham texnik ta’minot ko‘rsatilmaydi va ular uchun texnik qismlarni topish qiyin bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatuvchi markazlar bu kabi qurilmalar uchun qismlarni ishlab chiqaruvchidan buyurtma qila olmaydilar.

E’tiborga loyiq jihati, Apple Turkiya hamda Kaliforniyadagi mijozlarga keyingi 2 yil mobaynida iste’moldan chiqarilgan qurilmalari uchun cheklangan miqdorda butlovchi qismlar yetkazib berishni davom ettiradi.

2017 yilning 30 iyunidan Apple texnik ta’minotni to‘xtatadigan, eskirgan hisoblanadigan qurilmalar:

Mac noutbuklari:
MacBook Air (11″, 2011 yil o‘rtasida ishlab chiqarilgan)
MacBook Air (13″, 2011 yil o‘rtasi)
MacBook Pro (13″, 2011 yil so‘nggi)
MacBook Pro (15″, 2011 yil so‘nggi)
MacBook Pro (17″, 2011 yil so‘nggi)
MacBook Pro (17″, 2009 yil o‘rtasi)

Wi-Fi qurilma:
1-avlod AirPort Express 802.11n stansiyasi

iPhone: 
iPhone 3GS (16 / 32)
iPhone 3GS (16 / 32, Xitoy)

Apple muayyan mahsulot taqdim qilgach, uning texnik ta’minotini o‘rtacha 5-7 yil davomida o‘z zimmasiga oladi. Shundan so‘ng mijozlar Apple’ning rasmiy ustaxonalariga murojaat qilishlari foydasiz bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!