Apple noqonuniy patentdan foydalangan

Apple noqonuniy patentdan foydalangan

AQShda Medison shahri sudi Apple kompaniyasini noqonuniy patent ishlatganlikda aybdor deb topdi. Patent asli Viskonsin Universitetiga tegishli bo‘lgan.

1998 yilda universitet talabalari ishlagan va Wisconsin Alumni Research Foundation (WARF  – Viskonsin Universiteti bitiruvchilari tadqiqot jamg‘armasi) xususiy tashkilotiga qarashli bo‘lgan patentni sud haqiqiy hisoblaydi. Patent texnologiyasi protsessor ishini mukammallashtirish va sarflanuvchi energiyani tejash imkonini beradi. Ishni ko‘rib chiqish mobaynida iPhone 5s, 6 va 6 Plus, hamda iPad planshetlarining ayrim versiyalariga o‘rnatilgan A7, A8 va A8X protsessorlari patentga zidligi aniqlandi.

Kompaniya oldida 862 mln dollar jarima to‘lash xavfi turibdi. Agar kompaniya ataylab bu ishni qilgan bo‘lsa, jarima miqdori ortishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.