Apple patent qoidalarini buzganligi uchun VirnetX kompaniyasiga 302,4 mln dollar to‘laydi

Apple patent qoidalarini buzganligi uchun VirnetX kompaniyasiga 302,4 mln dollar to‘laydi

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan sud qaroriga binoan Apple o‘zining Facetime servisida xavfsiz kommunikatsiya bilan bog‘liq patent qoidalarini buzganligi sabab VirnetX Holding Corp. kompaniyasiga 304,2 mln dollar to‘laydi.

Da’vogar kompaniya, asosan, o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalarni patentlash va ulardan keladigan daromad orqali foyda ko‘radi. VirnetX aslida hukumat tashkilotlari uchun turli dasturiy tizimlar yaratadigan Science Applications International Corp. tashkilotining xodimlari tarafidan ta’sis etilgan. Avvalroq VirnetX patentlar borasida Microsoft va Cisco kabi kompaniyalar bilan sudlashgani haqida xabar berilgan. Bu safar mazkur firma Apple bilan uchinchi marta sudlashmoqda. 2010 yilda VirnetX o‘ziga tegishli 4 ta patent bo‘yicha muallliflik huquqi buzilgani uchun Apple’ga qarshi da’vo qo‘zg‘agan. Ammo AQSh Appelyasiya sudi ishni Apple foydasiga hal qilgan. Ikkinchi marta esa kompaniya shu yilning boshida Apple’ga qarshi sudlashgan.

Enlilikda ikkala kompaniya patentlar bahsi borasida juda katta tajribaga ega Vashington Okrug sudida barcha munozaralarga yakun yasamoqchi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!