Apple qayta tiklangan iMac Pro’ni sotuvga chiqardi

  •   Saroy
  •  985
  •  25.05.2018 16:43

Apple qayta tiklangan iMac Pro’ni sotuvga chiqardi

MacRumors portali tarqatgan xabarda aytilishicha,  Apple onlayn-dukonlarida iMac Pro shaxsiy kompyuterining qayta tiklangan versiyasi paydo bo‘lgan.

Qayta tiklangan iMac Pro’ning  barcha versiyasi bor — eng arzonidan (arzoni 4249 AQSh dollari, yangisi 4999 dollargacha) tortib to  16-yadroligacha (8 159 dollar, yangisi 9748 dollarov). Birinchisi, 8-yadroli Intel Xeon W protsessori, 32 gigabaytli OZU,  1 TB SSD va Radeon Pro Vega 56 videokartalariga ega. Ikkinchi varianti 18-yadroli 64 GB OZU protsessori bilan ta’minlangan, SSD-xotira saqlagichi 2 TB ga teng va Radeon Pro Vega 64 videokartasiga ega.

O‘QING: Eng yaxshi kompyuter ishlab chiqaruvchilar reytinggi

Qayta tiklangan Apple shaxsiy kompyuteri 700 — 1500 AQSh dollariga yoki 5-15 foizga  arzonlashgan. Shunga qaramay, ekspertlar uni hamon qimmat demoqda.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, barcha arzonlashtirilgan iMac Pro sinchiklab tekshirib chiqildi. Hozir u kafolatga va yangi  aksessuarlar hamda yangi qadoqga ega. Hozircha ushbu qayta tiklangan iMac Pro Kanada va AQSh bozorlariga chiqarilgan, boshqa mintaqalarga qachon chiqariladi, hozircha noma’lum.

O‘QING: Apple I kompyuteri qachon va qanday yaratilgan edi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.