Apple qizil rangli iPhone 7 chiqaradi

Apple qizil rangli iPhone 7 chiqaradi

Apple korporatsiyasi korpusi qizil rangli bo‘lgan iPhone 7 smartfonini taqdim etishni reja qilmoqda. Yaponiyaning Mac Otakara portalining ma’lum qilishicha, mazkur gadjet kompaniyaning mart oyida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Bungacha iPhone 7s qurilmasining yangi rangli talqinda ishlab chiqarilishi, uning faqat Xitoyda sotilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 7 bilan birga 7 Plus ham jilodor qizil rangli korpusda ishlab chiqariladi. Shuningdek, Apple kompaniyasi iPhone SE’ning 128 gigabayt doimiy xotira sig‘imiga ega talqinini ham ishlab chiqarmoqchi.

Shuningdek manbaaning xabar qilishicha, mazkur ko‘rgazmada yangi iPad planshet kompyuterlari ham namoyish qilinadi. Unda diagonali 7,9, 9,7 va 12,9 dyuymli yangilangan iPad bilan birga, diagonali 10,5 dyuym bo‘lgan ramkasiz planshetning ham taqdim etilishi kutilmoqda. Ekran atrofidagi ramka olib tashlangan devaysning o‘lchamlari hozirgi iPad Pro 9,7’niki bilan bir xil bo‘ladi. Planshetni 2017 yilning may oyidan xarid qilish mumkin bo‘ladi.

iPad Pro planshetining so‘nggi avlodi 2016 yilning aprel oyida taqdim qilingan edi. Planshet kompaniyaning 256 gigabayt ichki xotiraga ega ilk mobil gadjeti bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.