Apple rahbarlariga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Apple rahbarlariga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

iPhone akkumulyatorlari va platforma samaradorligining sun’iy ravishda pasaytirilishi munosabati bilan, Apple kompaniyasiga qarshi qo‘zg‘atilgan da’volar jiddiy tus olmoqda. Ayniqsa, kompaniya bu qilmishiga iqror bo‘lgach, sud jarayoni yanada qizg‘in tus oldi. Jumladan, Fransiyada bunga jiddiy kirishilgan. Xususan, bu yerda Apple jiddiy ayblanmoqda va kompaniya rahbarlariga qamoq jazosi qo‘llanilishi ma’lum qilingan. Bu to‘g‘rida mamlakatning nufuzli The Local nashri xabar tarqatmoqda.

Bu so‘nggi da’vo arizasi kecha Fransiyada e’lon qilingan. "Halte à l’Obsolescence Programmée" yoki "Rejalashtirilgan tazyiqlarni to‘xtating" nomi bilan ro‘yxatga olingan bu da’voda aytilishicha, Apple jahon miqyosida ayfon savdosini oshirish uchun ham eskirgan akkumulyatorlar dasturini ishlab chiqqan.

Da’voda ma’lum qilinishicha, Apple 2015 yildan buyon Fransiyada sotilgan barcha ayfon qurilmalari uchun jarimaga tortilishi, uning rahbarlari kamida 2 yilga qamalishi hamda 300 000 yevro va jami yillik daromadining 5 foizi miqdoridagi jarimani to‘lashi kerak.

Hozircha prokurorlar so‘nggi qarorni taqdim qilganlari yo‘q. Nima bo‘lganda ham, Apple o‘z strategiyasini o‘zgartirmoqchi emas va eskirgan akkumulyatorli iPhone modellari platformasini sekinlashtirish siyosatini davom ettiradi. Juda bo‘lmaganda, iOS tizimi foydalanuvchilarni bu vaziyatdan rasman xabardor qilishi mumkin.

Bugun Motorola va HTC smartfonlari ishlab chiqaruvchilari rasman e’lon berib, ular o‘zlarining yoshiga to‘lgan smartfon qurilmalari platformasini sekinlashtirmasliklarini ma’lum qilishdi. Tez orada boshqa kompaniyalarning ham ana shunday bayonot bilan chiqishlari kutilmoqda. Bu esa Apple'ga nisbatan bosimni yanada kuchaytiradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!